So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Andro Giorgadze: "Hatto durang ham biz uchun yaxshi natija edi, lekin g'alaba qozonishni uddaladik" Yangiliklar

Andro Giorgadze: "Hatto durang ham biz uchun yaxshi natija edi, lekin g'alaba qozonishni uddaladik"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Andro Giorgadze o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Og'ir o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" – kuchli jamoa. Turnir jadvalidagi o'rnidan ham ko'rinib turibdi. Shunday ekan, ularni osonlikcha mag'lub etib bo'lmasdi, hatto durang ham biz uchun yaxshi natija bo'lardi, lekin biz harakat qildik, murabbiyning barcha ko'rsatmalarini, aytganlarini 200 foiz bajardik. Natijada, "Bunyodkor"ni safarda engishga muvaffaq bo'ldik. Shu bois, jamoamizdagi barcha azolarni, butun Qo'qon shahri muxlislarini tabriklayman. Bu juda yoqimli. Xudo xohlasa, shunday davom etamiz.

Shuni aytmoqchimanki, bu yilgi O'zbekiston chempionatida oson o'yinlar yo'q. "Nasaf" bilan o'ynaysizmi, "Bunyodkor" yoki "Paxtakor" bilan yoki kuchli oltilikdan quyidagi jamoalar bilanmi – farqi yo'q. Barcha o'yinlar murakkab o'tadi. Natija qanday bo'lishini hech kim ayta olmaydi. Buni vaqt ko'rsatadi. Biz qo'limizdan kelganini qilamiz, yaxshilab tayyorgarlik ko'ramiz. Iloji boricha tetik, o'yinga shay holda kelamiz. Qolganini o'yin ko'rsatadi", dedi gruziyalik futbolchi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика