So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  1 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Andriya Filipovich: "Gol yoki assistlarim emas, "Bunyodkor"ning Superligada qolishi muhim edi" Yangiliklar

Andriya Filipovich: "Gol yoki assistlarim emas, "Bunyodkor"ning Superligada qolishi muhim edi"

"Bunyodkor" ikkinchi davrada tarkibga bir qator mahoratli futbolchilarni qo'shib oldi.

Ulardan biri Andriya Filipovich o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. 13 ta o'yinda 5+4 ko'rsatkichini qayd etdi va jamoani ligada saqlab qolishiga munosib hissa qo'shdi. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng futbolchi qisqacha fikrlarini bildirdi.

"O'zbekistondagi ilk mavsumimni o'tkazdim. Ayniqsa oxirgi 4 oyni alohida takidlagan bo'lardim. Hattoki, statistika ham buni aytib turibdi. "Bunyodkor"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdik. "Paxtakor" bilan qiyin o'yin bo'ldi. To'g'ri, natija barchasini gapiradi. Ammo maydonda qanday qarshilikka duch kelganimizni yaxshi bilamiz. Raqib safida texnik yigitlar jamlangandi. Biz murabbiyimiz nima istayotganini bajardik. Oxirgi o'yinni g'alaba bilan yakunladik. Bundan barcha xursand deb o'ylayman. Moslashishga hech qanday vaqt ketmadi. Men o'z sifatlarimni bilaman. Gol urishim va jamoaga yordam berishim lozim edi. Men uchun gol yoki assistlarim emas, "Bunyodkor"ning o'rnini saqlab qolishi muhim hisoblanardi.

Hozir uyga qaytib dam olaman. Oldinda nima bo'lishini ko'ramiz. "Bunyodkor" Superligada qolishi va keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashishi kerakligini tushunib turgandik. Vazifa bajarildi",- deydi Andriya Filipovich.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика