So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  24 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  45 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  18 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  6 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  4

Andrey SHipilov: "Bugungi g'alabamizni marhum direktorimizga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Bugungi g'alabamizni marhum direktorimizga bag'ishlaymiz"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

Bugun ajoyib stadionda mana shunday to'qnashuv bo'lishini kutgandik. Har ikki jamoa keskin kurashlarga boy o'yin ko'rsatdi. 

AGMK chempionat etakchilaridan biri va bunga haqli o'rinda bormoqda. Biz o'z vaziyatlarimizdan birini golga aylantira oldik. Darhaqiqat, AGMKda ham etarlicha yaxshi vaziyatlar bo'ldi.

Bugungi g'alabamizni marhum direktorimizga bag'ishlaymiz.

Ayni paytda shifoxonada bo'lib turgan jamoamiz mamuri Ravshanga sog'liq tilaymiz.

Fursatdan foydalanib, klubimizning fidoyi shifokorlariga ham rahmat deymiz.

SHahzod Ubaydullaev va Doniyor Narzullaev nega birinchi bo'limda maydonga tushmadi va zaxirada qoldirildi?

SHahzod va Doniyor 16 tur to'liq o'ynashdi. Doniyor Olmaliqda o'ynamagandi, SHahzod esa deyarli hamma o'yinda to'liq qatnashdi. Uni avaylashimiz kerak, chunki uning kichik jarohati bor edi.

"Metallurg"ning o'yinidan kelib chiqib aytsak, jamoa kuchli 3 likka kira oladimi?

Hali oldina 9-10 tur bor. Keling, 20-dekabrgacha etib boraylik. Biz bu uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz va bu yo'lda astoydil mehnat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика