So’nggi yangiliklar

09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  1 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  2 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  4 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  11 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0

Andrey SHipilov: "Bugun shogirdlarim kichik mo'jiza yaratishdi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Bugun shogirdlarim kichik mo'jiza yaratishdi"

Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Metallurg" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Mavsumning 12ta turi ortda qoldi. Har bir jamoaning o'z maqsadi bor. Qo'qonliklar o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yganliklarini eshtdim. Bizda ham o'z rejalarimiz, maqsadlarimiz bor. Biz har bir o'yinga futbolchilarni yaxshi tayyorlashga harakat qilyapmiz. Aytish joizki, bugun har ikki jamoaga ham oson bo'lmadi. Futbolchilarga rahmim keladi. Ular shunday sharoitda ham maydonga tushishmoqda. Barcha futbolchilar o'z salomatligiga tavakkal qilishdi. Maydon chetida turib yaratgandan xech qaysi futbolchi jarohat olmasligini so'rab turdim.Futbolchilar harakat qilmadi demagan bo'lardim. Qo'lidan kelganicha harakat qilishdi.

Bugun har ikki jamoa ham o'z darajadasida o'ynay olishmadi. Holbuki biz g'alaba qozongan bo'lsak ham o'yindan ko'nglim to'lmadi. Bugun shogirdlarim kichik mo'jiza yaratishdi. Pandemiyaning birinchi tanaffusiga qadar barchasi yaxshi edi. Ikkinchi tanaffusdan yaxshi holatda chiqdik deb bo'lmaydi, to'g'ri safarda "Lokomotiv" va "Andijon"ni yutdik. Hozir futbolchilar kichik qahramonlik ko'rsatishmoqda. Futbolchilarning tiklanishi murakkab kechayotganini takidlagan bo'lardim. Ularga oson deb bo'lmaydi. Ikkita safar uchrashuvi ancha qiyin kechdi. Barqarorsizlik yo'q degan fikrdan yiroqman.

Hozir men chempionatda yana tanaffus bo'lib qolishidan qo'rqyapman. Yuzaga keladigan har qanday tanaffus futbolchilar uchun og'ir bo'ladi. Uchinchi tanaffus kerak emas, deb hisoblayman. Bundan buyog'iga to'xtalishlarsiz mavsumni yakunlashni istayman", - deydi Andrey SHipilov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика