So’nggi yangiliklar

08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  5 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  18 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0

Andrey Miklyaev: "Bugun muammolarga qaramay g'alaba qozona oldik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Bugun muammolarga qaramay g'alaba qozona oldik"

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Sepaxon" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.

Unga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov hamrohlik qildi.

"Avvalo barchani g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi qiyin o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Juda ham qiynaldik, tarkibda yo'qotishlar ko'p edi. Ammo bir jamoa bo'lib qiyin o'tgan bahsda g'alabaga erishdik", - deydi Andrey Miklyaev.

"Bugungi g'alaba menimcha butun O'zbekiston uchun muhim g'alaba bo'ldi. Agar birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olganimda hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Guruhdan chiqish imkoniyatimizni ancha oshirib yubordik. Imkon qadar keyingi o'yinlarda g'alaba qozonamiz", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Jeparovning pasini kutganmidingiz?

Temurxo'ja Abduxoliqov: - SHoahmedovning orqaga uzatganidan so'ng Jeparov shunday pas berishini sezdim. Xudoga shukurki birga bir vaziyatdan so'ng gol ura oldim.

- Goldan so'ng nega raqibga ko'p hujum qilish uchun imkon berdingiz?

- Sababi "Sepaxon"ning yo'qotadigan narsasi qolmagandi. Ular katta kuch bilan hujumga o'tdi. Biz esa imkon qadar qarshi hujumda o'ynadik.

- Futbolchilar ko'p bor Jeparovga uzatishga urinishdi. Qarshi hujumlarda xatolar sizga sezildimi?

- Bu sizga shunday tuyulgandir. Kim golli pas berdi? Jeparov mahoratli futbolchi. U yo'q joydan gol yarata oldi.

- Kaxi Maxaradze ikkinchi sariq kartochkasini oldi. Keyingi o'yin uchun qanchalik katta yo'qotish?

- Albatta katta yo'qotish. U bir qancha joyda o'ynay oladi. Lekin uning o'rnini egallay oladigan futbolchilar bor.

- Jasur Hasanov himoyaga ko'p ham qaytmadi?

- Lekin ko'pchilik birinchi daqiqalardanoq Jasurni maydonga tushiringlar deb baqirdi. U yaxshi va kuchli futbolchi. Uning o'rnini to'ldirib turganlar bo'ldi. Hujumda yaxshi harakat qildi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика