So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  5 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

Andrey Miklyaev: "Biz golni barcha qoidalarga mos ravishda urdik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Biz golni barcha qoidalarga mos ravishda urdik"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" (1:1) o'yindan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun har tomonlama og'ir o'yin bo'ldi. Ham o'yin borasida, ham tarkib borasida. Safar o'yinlarida raqiblar bizga juda katta qarshilik ko'rsatishadi. "Sepaxon"ga qarshi o'yinda katta kuch yo'qotdik va bir necha futbolchilarimiz jarohat olishdi. SHu bois bugun qolgan futbolchilarga imkon berdim. "So'g'diyona" jamoasining harakatlari menga yoqdi. Bizga ishonch va kuch etishmadi. 1:1 hisobi bizni qoniqtirmaydi, ammo bu futbol", - deydi Miklyaev.

- "Lokomotiv" gol urgan vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Meni fikrimcha biz barcha qoidaga mos ravishda gol urdik. Jiddiy to'qnashuv bo'lganida feyr-pleyga amal qilinsa bunga qo'shilaman. "So'g'diyona" futbolchisi nima uchun atayin to'pni tashqariga chiqarib yubordi? Hakam agar jiddiy to'qnashuv bo'lsa o'yinni to'xtatadi. Biz gol urishimiz kerak edi. Men o'z shogirdlarimga har bir vaziyatni oxirigacha o'ynashga o'rgataman. Biz "Lokomotiv"miz, biz oxirigacha o'ynaymiz. O'sha vaziyatda qoida buzilishi bo'lmagandiku? Agar birinchi bo'limni eslasangiz Timur G'aniev 15-daqiqadayoq vaqtni cho'zishni boshlab yubordi. Mayli G'aniev jamoadoshi jarohat olgani tufayli to'pni autga chiqarib yubordi, nima uchun uzoqqa emas yoniga tashlab qo'ydi?

- Siz bosh murabbiysiz. Nima uchun maydon chetida boshqa murabbiy ko'rsatma berdi?
- CHunki u jismoniy tayyorgarlikka javob beradi.

- Bugungi o'yinda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?
- Tarkibimizdagi futbolchilarni davolagan bo'lardim (kuladi). Bugun yoshlar o'ynashdi. "So'g'diyona" bizga etarli qarshilik ko'rsatdi. Bugun bizga kuch etishmadi, 3 kun oldin "Sepaxon"ga qarshi o'ynagandik. Yigitlarga charchoq sezilib qoldi. Biz bugun juda kam golli vaziyat yaratdik.

"Lokomotiv" matbuot xizmati
Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика