So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan"

"Paxtakor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin. Biz uchun natija ijobiy deyish mumkin. "Paxtakor" kubok finalida yutqazib qo'ydi, ruhan jamoa qiyin holatda edi. Nima bo'lgan taqdirda ham yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. SHogirdlarim uchun xursandman. Agar o'yin protokoliga etibor qilgan bo'lsangiz zaxirada 3 nafar futbolchi bor edi, ulardan biri yosh futbolchi edi. Bugun himoyada tartibli o'ynadik. Barcha yigitlarga rahmat aytaman. Ular 100 foiz kuch bilan o'ynashdi", - deydi Andrey Kanchelskis.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Jangovor durang desak ham bo'ladi. Bollarga rahmat, maydonda borini berishdi. "Paxtakor"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deydi Akbar To'raev.

- Ketma-ket ikkinchi o'yinda ham zaxirada 3-4 nafar futbolchi qayd etilmoqda. Qolganlar qaerga g'oyib bo'lishdi?
- Men jamoaga kelganimda shuncha futbolchi bor edi. Faqat SHerzod Karimov va Mirzohid G'ofurov mening qo'l ostimda o'ynab jarohat olishdi. Qolgan futbolchilar esa oldingi murabbiy bilan ketishdi. Masalan, Darko Nikach yoshlar jamoasiga yuborildi. Sababi u "Navbahor" darajasiga mutlaqo mos emasdi.

- Ketgan futbolchilar sobiq murabbiy bilan shartnoma tuzgan ekanmi? Klub bilan emasmi?

- Bu savol menga emas. Buni rahbariyatga berganingiz maqul. Men keldim va shu tarkib bilan ishlayapman.

- Mish-mishlarga ko'ra qishda jamoaga Andrey Arshavin kelar ekan.
- Agar Namanganga kelib uni tomosha qilishni istasa bajonidil. Uni yaxshi kutib olaman (kuladi).

- Hakamlik borasida nima deysiz?
- Hakamlik yaxshi bo'ldi. Doim mezbon jamoaga biroz yon bosish bo'ladi. Nima bo'lgan taqdirda hakamlarga hech qanday etirozim yo'q.


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика