So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  26 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  46 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Andrey Kanchelskis: “Jamoamizda sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati bor” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “Jamoamizda sovrindorlar safidan joy olish imkoniyati bor”

Coca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis va mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan mezbonlar hujumchisi Aleksandr Kasyan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Andrey Kanchelskis (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Uchrashuv qiyin kechdi. “Dinamo”ga ochko suv va havodek zarur bo'lganligi bois, raqibning jamoamizga munosib qarshilik ko'rsatishini kutgandik, albatta. Samarqandliklar himoyaviy o'yin namoyish etib, o'z baxtlarini qarshi hujumdan izlashdi. Qanotlar orqali hujum tashkil etmasdan esa himoyani yorib o'tish oson emas. Afsuski, qanot yarim himoyachisi Abbos G'ulomov jarohat oldi, shuningdek, Azizbek Turg'unboev ham oldingidek formada emas. Bu tushunarli holat. Boisi, Turg'unboev malum sabablarga ko'ra, 6 oyga yaqin vaqt davomida maydonga tushmadi hamda bu uning o'yiniga o'z tasirini ko'rsatdi. Jamoamiz uchun ushbu g'alaba suv va havodek zarur edi hamda yigitlar zafar quchishni uddalashdi. Muhimi, g'alaba qozonib, 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoamizda hali sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borish imkoniyati bor hamda buni amalga oshirish uchun intilamiz. Bugungi o'yindagi jonkuyarliklari, fidoiyliklari uchun shogirdlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

Yigitlar maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishdi va yakunda zafar quchishga muvaffaq bo'ldik. Keyingi uchrashuvlarda  futbolchilar o'yin sifatini oshirish hamda ko'proq gollar urishga harakat qilishadi va buni amalga oshirish ustida ish olib boramiz. To'g'ri, birinchi davrada Samarqandda bo'lib o'tgan o'yin bugungidan ko'ra, keskinroq hamda shiddatli, shuningdek, keskin kurashlar ostida kechgandi. Ammo o'sha tarkibdagi futbolchilardan to'rt nafari hozir ayrim sabablarga ko'ra, safimizda  yo'q. SHuning uchun bugungi bahs o'sha o'yindan keskin farq qildi.

Aytish lozimki, biz hozir ham ruhiy “o'ra”damiz. Bundan esa birdaniga chiqib ketish oson ish emas. Bundan tashqari, shunday qiyin holatda “Paxtakor”ga qarshi o'ynashga to'g'ri keldi hamda o'sha o'yinda raqibga o'zimiz gol sovg'a qildik. Yigitlarga qoyil, ular mazkur qiyin vaziyatdan chiqib ketishga o'zlarida kuch topa bilishdi va  o'z ishlariga vijdonan yondoshishmoqda. Takidlash joizki, zaxira o'rindig'imiz torligi bois, jarohatlangan hamda diskvafikaciyaga uchragan futbolchilarning o'rinlarini to'ldirish qiyin kechmoqda. Oldingi matbuot anjumanida, Aleksandr Kasyan vaqti kelsa, gol urishni boshlaydi, degandim. Mana u gol urishni boshladi va keyingi o'yinlarda ham Kasyandan chiroyli gollar kutib qolamiz. To'g'ri, Ivan Solovyovning maydonda yo'qligi bilindi. Aytgancha, u bugun farzandli bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Ivanni yangi mehmon bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman. Keyingi bahslarda Solovyov albatta, “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga o'zining munosib hissasini qo'shadi, degan umiddaman. 

Oldinda bizni principial ahamiyatga ega bo'lgan “Surxon”ga qarshi kechadigan o'yin kutib turibdi. Termizliklar bilan birinchi davrada kechgan bahs ham ancha qiyin o'tgandi. O'sha uchrashuv arafasida ancha gap-so'zlar bo'lgandi. Lekin biz “Surxon”ni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandik. Endi Termizdagi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Albatta, bir nafar hujumchi bilan o'ynash qiyin va kelasi mavsum arafasida Kasyan bilan hujum tandemini tashkil etish uchun yana bir nafar mahoratli  hujumchini taklif etish rejamizdan o'rin olgan.


Aleksandr Kasyan (“Navbahor” jamoasi hujumchisi): - Ustozim takidlaganidek, o'yin ancha qiyin kechdi. Aytish lozimki, Andrey Antanasovich Kanchelskisning jamoaga qaytishi ijobiy holat bo'ldi. Uning boshchiligidagi  murabbiylar shtabi biz – futbolchilar optimal formada bo'lishimiz uchun astoydil mehnat qilishmoqda. Andrey Antanasovich barchaning ko'ngliga yo'l topa oladi va asta-sekin barchasi o'z iziga tushadi, degan umiddaman.. Keyingi turda Termizda o'tkaziladigan uchrashuvda ham maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz, albatta. Biz nafaqat muxlislar va oila azolarimiz  balki, murabbiylarimiz uchun  ham maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solishga intilamiz. Anchadan buyon gol urolmayotgandim va mana, Xudoga shukr, bugun to'p kiritishga muvaffaq bo'ldim. Omadsizliklar ortda qoldi hamda keyingi o'yinlarda ijobiy natijalar qayd etamiz, degan umiddaman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика