So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Andrey Fyodorov: "Yashirmayman, yosh futbolchini nomiga tushuryapmiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Yashirmayman, yosh futbolchini nomiga tushuryapmiz"

Superliganing 6-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi.

- Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin bo'ldi. OCHLdagi durangdan keyin yigitlar o'zini yo'qotib qo'ymadi. Ular xarakter ko'rsatishdi. Futbolchilarim o'yinni nazorat qila olishdi. Ha, tezkor goldan keyin o'yin surati o'zgarib ketdi. Ammo ayta olaman, uchrashuv bizning ustunligimiz ostida o'tdi va shu boisdan g'alabaga erishdik.

Biz taktika tanlayotganda raqibning o'yini, kuchi va boshqa jihatlariga qaramaymiz. CHempionatda barcha jamoalarning kuchi teng. Ammo o'yinlar oson o'tmayapti. Klublarda g'alabaga bo'lgan istak yuqori.

OCHLda kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. Ha, daraja borasida biroz pastroq klublar bor. O'yinlarda yomon o'ynamayapmiz. Raqibdan ko'ra ko'proq gol ursak bo'ldi edi. Bunda biz raqibdan bir bosh past bo'lmadik Ammo o'tkazib yuborilgan gollarda jamoaviy xatolar qimmatga tushdi.

Bir super legioner? U hech nima qila olmaydi. U yaxshi samara berishi uchun yonidagi bir necha futbolchilar uning saviyasiga yaqinroq bo'lishi kerak. Osiyoda futboli asosan jamoaviy o'yin va individual sifatlarga asoslangan. Qitdagi klublar asosan legionerlar oldingi chiziqda o'ynaydi. Bizning kuchimiz esa jamoaviylikda. Legionerlarning zaxirada qolgani? 15 futbolchi bilan maydonga tusha olmaymiz. Biz ularni yaxshi legionerlar deb hisoblaymiz va shu boisdan ular jamoaga jalb qilingan.

Yelich ikkinchi mavsum bizning tarkibda o'ynamoqda. Futbolchi bir jamoadan ikkinchi jamoaga o'tishi uchun ko'plab faktorlar to'g'ri kelishi kerak. "Lokomotiv" esa har doim yaxshi futbolchilarni o'z tarkibiga jalb etishga harakat qiladi.

Yosh futbolchi? Yashirmayman hozirda biz uni nomiga tushiryapmiz. Aziz Amonov mavsum boshlanishiga ikki kun qolgandagina jamoaga keldi. Avazbek esa mavsumoldi yig'inlarini biz bilan o'tkazdi. Agar etibor bergan bo'lsangiz, Aziz o'tgan mavsumlarda 45 daqiqadan ko'proq o'ynagan vaqtlari ham bo'lgan.

SHuhrat Muhammadiev jiddiy jarohat olgan. SHu boisdan u o'yinlarni o'tkazib yubormoqda.

Jamshid Iskanderov: - OCHLdagi o'yindan keyin bugun bizga qiyin bo'ldi. "Al Ittihod"ga qarshi bahsda biz g'alaba uchun harakat qilgandik. Durang natija bizga tasir qildi.  Bugun birinchi bo'limni yaxshi boshladik. Ikkinchi bo'limda charchab qoldik. Murabbiyimizning ko'rsatmalarini bajarib, g'alabaga erishdik.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика