So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

Andrey Fyodorov: “O'yin “derbi” maqomiga mos bo'ldi” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “O'yin “derbi” maqomiga mos bo'ldi”

“Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab jurnalistlaring savollariga “Neftchi” ustozi Andrey Fyodorov javob qaytardi:

- Bugungi bahs “derbi” maqomiga to'la mos keldi deb aytishim mumkin. O'yinni muxlislarga manzur bo'lganligi ayni haqiqat. Ammo, murabbiylar borasida bunday deb bo'lmaydi. Keskin kurash kechganligi sababli bosim kuchli bo'ldi. “Navbahor”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Ikki raqibning o'zaro o'yinlari doimo murosasiz va keskin ruhda o'tib kelgan. Futbolchilarimizni maydonda ko'rsatgan matonatlaridan qoniqish hosil qildim.

Balki o'ylagan o'yinimizni ko'rsata olmaganimiz sababli qaerdadir o'xshamagan bo'lishi mumkin. Lekin, bugun maydon egalari bizga o'zlarining havodan to'p oshirishlari bilan ko'p tashvish olib kelishdi. Har holda ularning bo'ydor hujumchilari borligi sababli va Yovanovichni ikkinchi qavatda yaxshi o'ynash olishi sababli qaerdadir vazifani uddalay olmagandirmiz. Masalan penalti belgilangan vaziyatda ham shunday holat kuzatildi. Uchrashuvni qayta ko'rib chiqib, qaerda xatoga yo'l qo'yganimizni o'rganib chiqamiz. “Derbi”ga xos o'yin bo'lganligi ko'pchilikka manzur bo'ldi deb o'ylayman. SHu sababli har ikki jamoa tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ko'zga ko'rinmagan bo'lishi mumkin.

Futbolchilik davrida ham “derbi”da ko'p bor maydonga tushganman. O'sha paytlardan beri ikki raqib qarama-qarshiligi shiddatli va murosasiz ruhda o'tib kelgan. Bahsni shunday tarzda kechishi oldindan kutilgandi. Bugungi o'yindan emas, aksincha futbolchilarimizni bor imkoniyatlarini ishga solganliklaridan qoniqish hosil qildim. O'zimiz o'ylagan darajada to'p surishimizga “Navbahor” ham imkon bermadi. Natija esa bizni qoniqtirdi. Maydonda ko'rsatgan o'yinimizdan kelib chiqib fikr yuritadigan bo'lsa bugun biz ikki ochko yo'qotdik. Namanganga g'alaba ilinjida kelgandim. Ammo, yakunda duranga erishdik, - deydi Fyodorov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика