So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Andrey Fyodorov: "Murod Ismoilovning qon bosimi ko'tarilib ketdi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Murod Ismoilovning qon bosimi ko'tarilib ketdi"

"Neftchi" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

"Yigitlarni ruhiy tomonlama tayyorlash kerak edi. 3ta mag'lubiyat yigitlarga qattiq tasir qilgandi. Bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. Asosiy maqsad g'alaba qozonish edi", - deydi Fyodorov.

- Bugun Murod Ismoilov zaxira o'rindig'ida ham ko'rinmadi...

- U mag'lubiyatlarni juda ham yuragiga yaqin oladi. "Lokomotiv"dan keyin o'zini biroz yomon his qildi, "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng qon bosimi ko'tarilib ketdi. SHu sababli shifokorlar unga biroz dam olishni maslahat berishdi. Murod Ismoilov bugun uchrashuvni tomoshabinlar orasida kuzatib bordi. Keyingi o'yinlarda yana o'z o'rniga qaytishiga umid qilamiz.


- So'nggi paytlarda jamoa hujumkor o'yin namoyish etmayotgani aytilmoqda. Masalan, Vadim Abramov ham, Rustam Mirsodiqov ham shunday dedi. Bunga fikringiz?

- Menimcha barcha ikkinchi bosqichning dastlabki uchta o'yiniga qarab baho bermoqda. Sababi ilk davrada ajoyib o'ynagandik. "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda himoyadan o'ynaganimiz rost, sababi raqib juda kuchli edi, buni tan olish kerak. "Navbahor" bilan o'yinda esa hujumkor o'ynadik. Bugun aytganimdek asosiy maqsadimiz g'alaba edi, chiroyli o'yin ikkinchi darajali edi.  


- Namanganda balki o'zgarishlarni kech amalga oshirib xato qilgandirmiz. Bugun esa natija ustuvor edi, shu bois g'alabali hisobni ushlab qolishga urindik. "Metallurg" kuchli raqib, ularda tajribali futbolchilar juda ko'p. Bekobod klubidan bitta ko'p gol urib g'alaba qozondik.


- Yana g'alabali seriyaga qaytishga umid qilamiz. Ammo g'alaba qozonish juda qiyin, ketma-ket g'alaba qozonish esa undan ham og'ir. 


Komiljon Ikromov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика