So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Andrey Fyodorov: "Loko"ga o'xshab o'ynashimiz uchun o'sha saviyadagi futbolchilarimiz bo'lishi kerak" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Loko"ga o'xshab o'ynashimiz uchun o'sha saviyadagi futbolchilarimiz bo'lishi kerak"

"Lokomotiv" - “Neftchi” o'yinidan so'ng farg'onaliklar ustozi Andrey Fyodorov o'yin haqida fikr bildirdi

"O'yinga izoh berishga hojat yo'q. CHempionatning uchinchi turi, "Nasaf"ga qarshi kubok o'yini... O'yin boshida gol o'tkazish kasalligiga duch kelganmiz. Lekin, hech qaysi o'yinda bunday yirik hisobda yutqazmagandik. Afsuski, chempionatni mana shunday omadsiz boshladik", deya so'z boshladi murabbiy.

Darvozabonlarimiz o'z o'yinlarini namoyish eta olmayaptilar. O'tgan mavsumdagi posbonlarimiz jamoaga katta yordam bergandilar.

O'tkir Yusupov? Unda tajriba bor. Bu borada javob qaytarishim qiyin. Darvozabonlar bo'yicha murabbiy bilan maslahatlashamiz. O'yinlarni tahlil qilamiz va shundan so'ng kim darvozada turishini hal qilamiz.

"Lokomotiv"ga o'xshab o'ynash uchun shu saviyadagi futbolchilarimiz bo'lishi kerak. Hozircha, qo'l ostimizdagi imkoniyatlardan foydalanib turamiz.

To'pni olganimizdan so'ng uni tezda oldirib qo'ymoqdamiz. Bu bizning muammomiz. Aynan shu narsa bizga qimmatga tushmoqda deb o'ylayman.

"Nasaf"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat? Men uchun 1:4 hisobidagi natija kutilmagan bo'ldi. CHunki, qarshiliklar buncha golli vaziyatlar yuzaga keltirishmagandi", deya o'z fikrlarini yakunladi Fyodorov.



Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика