So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Andrey Melnichuk - "Dinamo"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

Andrey Melnichuk - "Dinamo"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Joriy mavsumdan boshlab Dinamo jamoasi va muxlislar klubi yangi loyihaga qo'l urishdi.
Endi bu yildan boshlab har oy yakuniga ko'ra, Dinamo futbol klubining rasmiy saytida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilib, har oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi. Xususan, mart oyi yakunlariga ko'ra, klub rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra, jamoamiz muxlislari darvozabon Andrey Melnichukni mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Vada qilinganidek, Dinamo - Bunyodkor o'yini oldidan unga muxlislar nomidan esdalik sovg'a topshirildi.

Takidlash joizki, uchinchi mavsumdirki Dinamo sharafini himoya qilib kelayotgan Melnichuk darvoza chizig'idagi ishonchli o'yinlari bilan jamoa ishonchini qozonib sardorlik bog'ichiga ega sanaladi.

Umumiy 364 nafar ovoz to'plangan so'rovnomada, 137 nafar muxlis o'z ovozini aynan ukrainalik posbonga bergan. Bu 37,6% deganidir. Ikkinchi o'rinda qayd etilgan Sanat SHixov esa 81 (22.3%) ovoz jamlagan. Uchinchi o'rinni egallagan samarqandlik yarimhimoyachi Sirojiddin Sayfiev esa 55 ta ovoz (15,1%) bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

SHuningdek, So'g'diyona darvozasiga gol urgan Zayniddin Tojiev 47 (12.9%), Metallurg bilan o'yinda golga mualliflik qilgan - G'ulom Urunov 26 (7.1%), ishonchli o'yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan himoyachi - Ildar Mamatkazin 12 (3.3%) va Zominda dastlabki golni kiritgan Akmal Xolmurodov 6 (1.6%) ovoz to'plashgan.

Eslatib o'tamiz, Dinamo jamoasi mart oyida uchta uchrashuv o'tkazib, 1 mag'lubiyat (Nasaf - Dinamo 1:0) va ikki g'alabaga (Dinamo - Metallurg - 2:0, So'g'diyona - Dinamo - 1:3) erishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика