“Andijon” yoshlari bugun SHahrixonda o'ynaydi
11 apr 2014 13:52
Yangiliklar

“Andijon” yoshlari bugun SHahrixonda o'ynaydi
Bugun yoshlar ligasining 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda “Andijon” yoshlar jamoasi “Dinamo”ni qabul qiladi.
“Andijon” yoshlar jamoasi bu yilgi mavsumda raqiblarini SHahrixon tumanidagi stadionda qabul qilishi aytilayotgandi. Birinchi turda shunday ham bo'ldi.
Ammo keyinchalik, aniqrog'i 3-turda “Mashal” yoshlar jamoasiga qarshi kechgan bahs Andijon shahridagi SHo'rbuloq dahasida o'tkazildi.
Bugun birinchi liganing 3-turidan o'rin olgan “O'zDongJu” - “Obod” o'yini ham borligi tufayli muxlislar Andijondagi bu ikki o'yinlar qaysi stadionlarda o'tishi borasida qiziqishi turgan gap.
Bunga oydinlik kiritish maqsadida “Andijon” yoshlar jamoasi murabbiyi Qahramon Abduqodirovga murojaat qilganimizda bugun “Andijon” - “Dinamo” bahsi SHahrixondagi markaziy stadionda o'tishini malum qildi.
Birinchi liga ishtirokchisi “O'zDongJu” esa bugungi raqibini SHo'rbuloqdagi suniy maydonda qabul qiladigan bo'ldi.
Demak, yoshlar ligasini ko'rishni xohlaganlar SHahrixonga, birinchi liga o'yinini ko'rishni istaganlar esa SHo'rbuloq dahasiga borishlari mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz SHahrixondagi o'yin soat 15:00da start olsa, “O'zDongJu” - “Obod” uchrashuvi 16:00da boshlanishini ko'zda tutilgan.

Fikrlar