So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  5 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Andijon shahrida AOZK Kubogi start oldi Yangiliklar

Andijon shahrida AOZK Kubogi start oldi

Kuni-kecha Andijon shahrida 1996-98 yillarda tavallud topgan yoshlar o'rtasida Andijon olimpiya zaxiralari kolleji Kubogi uchun musobaqa boshlandi.
Namangan olimpiya zaxiralari sport kollejining ikki jamoasi turnirda qatnashishdan bosh tortganligi sababli jamoalar soni 16tani tashkil etdi. Lekin namanganliklar chempionat qurasiga ko'ra ko'ra “V” va “D” guruhidan joy olgani sababli u jamoa bilan o'ynaydigan raqiblarga texnik g'alaba yozilmoqda. O'yinlar SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydon, Bo'ston dahasida viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi stadioni hamda “Sog'lom avlod” stadionida o'tkazilmoqda.

Turnir bosh hakami Mahmud Matkarimov tashkilotchi sifatida ham o'zi ishlamoqda. U kishining bizga bergan malumotiga ko'ra, chempionat ochilishi guruh bahslari yakuniga etganidan keyin o'tkazilar ekan. Qiziq, a?! Bunga sabab shuki, chempionatning ilk uchrashuvi oldidan barcha jamoalar barobar etib kelmagan. Ayrim kechikib kelgan jamoalar tufayli turnirning ochilish qismi yaqin kunlarda o'tkaziladigan bo'ldi. Hozircha kuni aniqmas.

Xullas, jamoalarning turnirga jiddiy yondoshmagani natijasida musobaqa ham tashkilotchilar kutganidek o'tmayapti. Yana bir qiziq xolat, Navoiy - CHirchik olimpiya zaxiralari kolleji o'yini aslida taqvimga ko'ra kecha bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo jamoalarning Andijonga aytilgan vaqtda etib kela olmagani natijasida o'yin ertaga o'tkaziladigan bo'ldi. Birinchi kundan boshlab, muammoga duch kelgan tashkilotchilar qolganini ijobiy o'tkazishni o'ylab turibdi.

SHuningdek musobaqada hakamlar bilan bog'liq muammolar uchrayotganini aytib o'tishni istardik. Boisi yon chiziq hakamlarisiz o'tgan uchrashuvlar ham uchramoqda!
Aslida mazkur musobaqaga Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlaridan ham jamoalar kelishi kutilgandi. Garchi ularga 20 kun oldin rasmiy taklif yuborilgan bo'lsada, Andijonga kelishni lozim topmagan.

Bugun guruh bosqichining ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Turnir favoriti sifatida qaralayotgan “UzDongJu” kecha 1-turda “To'raqo'rg'on SK” bilan kuch sinashib, javobsiz 18ta (!) gol kiritgani etiborga molikdir. Qolgan uchrashuvlarda ham yirik hisoblar qayd etildi.

“A” guruhi
1. AOZK-1
2. Asaka sport kolleji-2
3. CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji
4. Atlaschi
5. Navoiy

“V” guruhi
1. “Andijon” PFK
2. Asaka sport kolleji-3
3. Namangan olimpiya zaxiralari kolleji
4. Andijon olimpiya zaxiralari kolleji-2

“S” guruhi
1. “UzDongJu”
2. “Neftchi” PFK
3. To'raqo'rg'on sport kolleji
4. Andijon viloyati futbol licey internati
5. Oltinko'l

“D” guruhi
1. Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi
2. Asaka sport kolleji-1
3. Namangan olimpiya zaxiralari kolleji-2
4. Farg'ona olimpiya zaxiralari kolleji-1


Guruh bosqich o'yinlari
10 noyabr, dushanba. 1-tur.
“A” guruhi

Navoiy - CHOZK (o'yin ertaga bo'lib o'tadi)
ASK-1 – AOZK-1 1:7
“V” guruhi
“Andijon” PFK – NOZK-1 +/-
ASK-3 – AOZK-2 0:8
“S” guruhi
“UzDongJu” – To'raqo'rg'on SK 18:0
“Neftchi” PFK – AVFLI  6:1
“D” guruhi
 VBO'FM – NOZK-2 +/-
ASK-1 – FOZK-1 4:0

11 noyabr, seshanba. 2-tur.
“A” guruhi

CHOZK – Atlaschi 2:1
AOZK – Navoiy 2:1
“V” guruhi
“Andijon” PFK – ASK-3 3:1
NOZK-1 – AOZK-2 -/+
“D” guruhi
VBO'FM – ASK-1 1:5
FOZK-1 – NOZK-2 -/+
“S” guruhi
“UzDongJu” – “Neftchi” PFK 3:2
To'raqo'rg'on SK – Oltinko'l 1:1  

Ertaga quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi
10:00. AOZK-1 – “Atlaschi”. “Sog'lom avlod” stadioni.
10:00.  AVFLI – To'raqo'rg'on SK. “SHo'rbuloq” stadioni.
10:00. FOZK- 1 – VBO'FM. “Bo'ston” stadioni.
12:00. “Navoiy” - ASK-2. “Sog'lom avlod” stadioni.   
12:00. “Oltinko'l” – “UzDongJu”. “SHo'rbuloq” stadioni.
14:00. AOZK- 2 -  “Andijon” PFK. “Sog'lom avlod” stadioni.
14:00. Navoiy – CHOZK. “SHo'rbuloq” stadioni.
 
Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика