So’nggi yangiliklar

14:22"Бухоро" ва "Андижон" стадионларига VAR техникаси ўрнатилди  0 13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  2 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  3 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  3 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  3 09:52"Реал" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2 09:24МЮ раҳбарияти Маркус Решфордни "Барселона"га ижарага берганидан пушаймон  11 08:55"Реал" футболчиси: "Рақсга туш ва ҳеч қачон тўхтама"  6 08:27Трент Александер-Арнолд "Ливерпул"га қайтиши мумкин — Mirror  5 07:58Аутсайдерни мағлуб эта олмаган Микел Артета ўйиндан сўнг нималар деди?  10

"Andijon"ning yangi futbolchisi nega aynan 71-raqamni tanladi? (intervyu) Yangiliklar

"Andijon"ning yangi futbolchisi nega aynan 71-raqamni tanladi? (intervyu)

Qishki selekciya jarayonida Andijonga bir qator yangi ijrochilar taklif qilinganidan xabaringiz bor.

Jumladan, kelishuvga erishilgan futbolchilar orasida ajoyib yarim himoyachi Bektemir Abdumannonovni ham tilga olish lozim. 2002 yilda tavallud topgan futbolchi bor etiborini «Burgutlar»ga qaratgan. U Antaliyadagi yig'inda jamoa bilan shartnoma imzoladi. Endilikda esa futbolchi «Andijon» matbuot xizmati uchun dastlabki intervyusini berdi.

- Bektemir «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Avvalo, klubga o'tishingiz qanday yuz berdi? Kutganmidingiz yoki…Dastlab shu haqida to'xtalib o'tsangiz!

- Assalomu alaykum! «Andijon» klubidan taklif tushishini rostdan bilmagandim. Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. Lekin men «Andijon» jamoasini tanladim. Bu erda jamoaviy o'yin rivojlangani uchun ham shunga ko'proq etibor berdim. Qisqasi, taklif menga yoqdi.

- Jamoaga yanvar oyida qo'shildingiz. Moslashuv jarayoni qanday o'tdi va o'zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Jamoa bilan dastlab Tojikistonda, keyin Turkiyada yig'in o'tkazdik. Bu erda aksariyat o'yinchilar tanish. Akalarim, og'aynilarim…SHuning uchun moslashib ketishda muammo bo'lgani yo'q.

- Qachondir faoliyatingizni «Andijon»da davom ettirish haqida o'ylaganmisiz?

- Albatta, «Andijon» muxlislari ashaddiy bo'lgani tufayli shu erda ham o'ynab ko'rish imkoni hozir menda bor. O'z o'yinlarimiz bilan ishqibozlarimizni xursand qilishimizga ishonaman.

- Adashmasam, ilk bor bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan birga ishlayapsiz. Juda talabchan mutaxassis…

- Ha, ushbu murabbiy bilan birinchi bor birga ishlayapmiz. SHaxsan menga yoqdi. Murabbiy talab qilayotgan ishlarni bajarishga harakat qilsam, albatta ko'p narsa o'rganaman. Hammani o'ziga yarasha kamchiligi bo'lishi mumkin. Ammo bu murabbiyda kamchiliklarni to'ldirish uchun echimlar bor.

- Klubda qaysi raqamni tanladingiz va nima uchun?

- 71-raqam. Sababi sir bo'laqolsin.

- Jamoadagi asosiy maqsadingiz qanday?

- Jamoa bilan maqsadimiz albatta katta. Yaxshi o'yinlar ko'rsatib, yuqori o'rinlarni egallab, o'z muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. «Andijon» jamoasi kelajagim uchun ham ajoyib tramplin deb o'ylayman. Biz mavsum davomida bor kuchimiz va imkoniyatimizni ishga solamiz.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика