So’nggi yangiliklar

18:36Адебайор Роналду ва Месси ҳақида: "Лео – энг буюклардан бири, лекин ҳатто гўримда ҳам Криштиануни танлайман"  8 18:13ОЧЛ-2. "Андижон" - "Ал Аҳли" (матнли трансляция)  30 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   0 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  11 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  3 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  8 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  15 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9

“Andijon”: Stadion va qarorgohda ish qizg'in FOTO Yangiliklar

“Andijon”: Stadion va qarorgohda ish qizg'in FOTO

Hademay mamlakatimizda navbatdagi milliy chemionat o'yinlari start oladi.

Unga har bir jamoa turlicha tayyorgarlik ko'rmoqda. Xususan “Andijon” jamoasi ham imkon qadar mavsumga puxta hozirlik ko'rishga xarakat qilayotir. Jamoa rahbariyati stadion va qarorgohini mavsumga shay xolatga keltirish uchun astoydil ishga kirishgan. Jumladan uy uchrashuvlarini o'tkazadigan “Sog'lom avlod” stadionida tamirlash ishlari olib borilmoqda. Xizmatchilarning bahorning ilk kunlariga qadar barcha ishlarni yakunlab, stadionni ideal xolatga keltirishi ko'zda tutilgan. Stadionda o'ziga yarasha yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan va bu borada ish ketmoqda. 


Faqat bu xususda keyinroq malumot beramiz. Kecha stadionga tashrif buyurib, shunga guvoh bo'ldikki, har bir tribunadagi o'rindiqlar tozalanib, pardoz ishlari olib borilmoqda. “Burgutlar” o'z uyidagi ilk uchrashuvini 11 mart kuni “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi. Unga qadar stadionning ideal xolatga kelishiga shubha yo'q. Darvoqe, maydonning xolatiga keladigan bo'lsak, muxlislar yaxshi bilishsa kerak, “Sog'lom avlod” stadionining maydoniga ajirik o'ti yotqizilgan. SHu bois maydon bahor faslining ilk oyida yam-yashil bo'ladi deyish qiyin. 

http://championat.asia/upload/storage/199412_680.jpg

O'tgan mavsum jamoa shahardagi mexmonxonalarning birida istiqomat qilgandi. Joriy yildan boshlab esa “Andijon” yana avvalgi qarorgohiga qaytadigan bo'ldi. Jamoa Toshkentda yig'in o'tkazayotganida klub rahbariyati bundan unumli foydalangan xolda, bazada tamirlash ishlarini olib bordi. Qolaversa jamoa azolariga qulaylik yaratish maqsadida jixozlar olib kelindi. Futbolchilar ertaga ushbu qarorgohda yig'iladi.



“Andijon” FK matbuot xizmati.    


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика