So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  52 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  28 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  13 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

"Andijon" o'z skautiga ega O'zbekistondagi ilk klubga aylandi Yangiliklar

"Andijon" o'z skautiga ega O'zbekistondagi ilk klubga aylandi

2023 yilgi mavsum hali yakunlanmaganiga qaramay "Andijon" allaqachon kelajak haqida o'ylamoqda.

Klub skaut lavozimini egallaydigan rossiyalik mutaxassis Nikolay Egorichev bilan bitim imzoladi. Championat.Asia o'quvchilari Nikolayni saytimizdagi muxbir sifatidagi faoliyati orqali bilishadi.

Nikolay Egorichev skauting bo'yicha TalentScout rus kursini tugatdi, italyan skauting agentligi bo'lmish A2M (Markaziy Osiyodagi bozor bo'yicha) bilan hamkorlik qildi, shuningdek FNLning "Akron" klubidagi amaliyot o'tadi (o'zbekistonlik yosh futbolchilarni tahlil qildi).

Egorichevning vazifalariga quyidagilar kiradi:

• "Andijon"ning hozirgi o'yinchilar va zaxira imkoniyatlarini baholash;

• yoshlar jamoalarini tahlil qilish va asosiy jamoada imkoniyat olishga loyiq bo'lgan istiqbolli futbolchilarni aniqlash;

• "Andijon"ning birinchi va yoshlar jamoalarida kuchayishga muhtoj bo'lgan poziciyalarini aniqlash;

• o'yinchilarni izlash va tahlil qilish (ham tashqi bozorda, ham ichki);

• "Andijon" o'yinchilarini xorij bozorlariga olib chiqish (jumladan, futbolchilarning xorij klublarida ko'rik va amaliyotlarini tashkil qilish).

SHunday ekan, "Andijon" qishki transfer oynasiga oldindan tayyor bo'lmoqchi va rejali tarzda kelasi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Qayd etish kerakki, "Andijon" shtatida o'zining skautiga ega bo'lgan O'zbekistondagi ilk klubga aylandi.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика