So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  38 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  11 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

"Andijon" o'z maydonidagi noxush ananaga chek qo'ya oladimi? Yangiliklar

"Andijon" o'z maydonidagi noxush ananaga chek qo'ya oladimi?

Teglar :  AndijonMetallurg
Bugun Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" uchrashuvi o'tkaziladi.

Jamoalar chempionat doirasida o'zaro 40 marotaba to'qash kelgan. SHundan 17 tasida bekobodliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 12 uchrashuvda andijonliklar ustunlik qilishgan. Yana 11 o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. To'plar nisbati — 56:67, "Metallurg" foydasiga.

Superligaga qaytishini shov-shuv bilan boshlagan vodiy klubining shiddati keyingi turlarda pasaydi. Dastlabki turlarda raqiblari tomonidan "bombardimon" qilingan "Metallurg"da esa aksincha, yangi murabbiy qo'l ostida o'z o'yinini topib olmoqda. SHunga qaramasdan, mezbonlar o'z maydonida, mehmonlar esa hali safar uchrashuvida g'alaba nashidasidan bahramand bo'lgani yo'q.


Oxirgi o'zaro besh uchrashuv

"Andijon" — "Metallurg" 1:2

"Metallurg" — "Andijon" 2:0

"Metallurg" — "Andijon" 1:1

"Andijon" — "Metallurg" 0:2

"Metallurg" — "Andijon" 0:2


Uchrashuvni o'tkazib yuboradigan futbolchilar

 

Abdulaziz Yusupov - "Andijon"

Asilbek Aysarov - "Andijon"

Eldor Adhamov - "Andijon"

SHerzod Esanov - "Andijon"

Ahtam Nazarov - "Andijon"

SHahboz Erkinov - "Andijon"


Qiziqarli faktlar

- "Andijon" ketma-ket to'rt o'yindan beri "Metallurg"ni mag'lub eta olmayapti;

- SHuningdek, "Andijon" o'z maydonidagi so'nggi to'rt o'yinda "Metallurg"ni engolmagan;

- "Andijon" Superliga doirasida o'z maydonidagi oxirgi beshta uchrashuvda raqiblarini mag'lub eta olmagan;

- "Metallurg" ham Superliga doirasida mehmondagi to'rt uchrashuvda g'olib chiqmagan.


Hakamlar

 

Uchrashuvni Husan Muzaffarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu 26 yoshli hakamning Superligadagi uchinchi uchrashuvi hisoblanadi. O'tgan yili toshkentlik hakam "Metallurg" ishtirokidagi ikki, "Andijon" qatnashgan uchta o'yinda ishlagan. Qiziq tomoni, ushbu bahslarda ikkala jamoa ham mag'lubiyatga uchramagan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика