So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida Konferenciya ligasi ishtirokchisiga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida Konferenciya ligasi ishtirokchisiga imkoniyatni boy berdi

"Burgutlar" Antaliya yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini rejadagidek Bosniya va Gercegovinaning "Boras Banya-Luka" jamoasiga qarshi o'tkazdi.

"Mirakl" stadionidagi mazkur uchrashuv kutilganidek keskin va murosasiz tarzda kechdi. Bu safargi raqib ancha jiddiy bo'lib, o'tgan yili Bosniyada mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan va hozirda mavsumning birinchi qismidan keyin 2-o'rinda bormoqda. Qolaversa, klub Evropa Konferenciya ligasida ishtirokini davom ettirmoqda.

“Andijon” kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatdi. Uchrashuvda Xomyakov jamoasi tezkor gol urishi ham mumkin edi. Maydon markazidan uzatilgan ajoyib pasdan keyin hujumchi Islam Mashukov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Biroq Islamning zarbasi yo'liga raqib posboni to'g'anoq bo'lgan holda jamoasini goldan saqlab qoldi.

Bo'lim oxirlarida esa “Andijon” darvozaboni Eldor Adhamov ham o'z seyvini namoyish qilgan holda raqibning xavfli zarbasini bartaraf qildi. Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasida jamoamizda to'liq tarkib almashtirildi. Uchrashuvdagi yagona gol esa 73-daqiqada bosniyaliklar tomonidan kiritildi.

Yana bir vaziyatda esa Luka Uskokovich darvozamizga kirib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi. Uchrashuv oxirlarida “Andijon”ning bosniyalik legioneri Mirzad Mexanovichda hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo uning jarima maydoni ichida yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ushbu bellashuv “Andijon” uchun juda  foydali bo'ldi. Boisi, o'yin ritmida bo'lib turgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, "burgutlar"ning navbatdagi o'yini 7 fevralga belgilangan va shu kuni ikkita raqibga qarshi maydonga tushadi.


"Andijon" – "Boras Banya-Luka" 0:1
2 fevral. Antaliya. "Mirakl" stadioni.
Gol
: Bart Meyjers, 73 – 0:1.
Hakamlar: Turul CHelik, Axmed Aydinsoy, Ibrahim O'zdemir.
Ogohlantirishlar: SHoxjahon Yorqinboev – Srjan Graxovas, Bart Meyjers.

"Andijon": Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Miomir Jurichkovich, Usmonali Ismonaliev, Oleg Zoteev, Abdulvohid G'ulomov, Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdug'aniev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Luka Uskokovich, Abubakir Ashurov, Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov, Doniyor Abdumannopov, Damir Temirov, Iskandar SHoyqulov, Mirzad Mexanovich, SHoxjahon Yorqinboev, SHaxrom Samiev.

"Boras Banya-Luka": Filip Manoylovich, Savo SHushich, Bart Meyjers, Luka Zorich, Sebastyan Xerera, Zoran Kvershich, Srjan Graxovas, David Vukovich, Stefan Savich, David CHavich, Jorje Despotovich.


Foto: "Andijon" futbol klubi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика