So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

“Andijon” klubi ustoz va murabbiylarni bayram dasturxoni atrofiga yig'di Yangiliklar

“Andijon” klubi ustoz va murabbiylarni bayram dasturxoni atrofiga yig'di

Teglar :  "Andijon"
Barchaning xabari bor, 1 oktyabr kuni O'zbekistonda “Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami sifatida nishonlab kelinadi.

SHu munosabat bilan bugun “Andijon” futbol klubi ustoz va murabbiylarning mehnatlari, ularning say-harakatlari, klub faoliyatidagi ahamiyatlarini inobatga olib, o'z vaqtida “Andijon” futbol klubida rahbarlik va murabbiylik lavozimlarida ishlagan, shuningdek, jamoamizning muvaffaqiyatlari uchun o'zlarining mehnatini singdirgan mutaxassislarni bir dasturxon atrofida yig'ib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Jamoamizning faoliyatida o'ziga xos iz qoldirgan quyidagi mutaxassislar bayramda ishtirok etishdi:

“Andijon”  futbol klubining o'z vaqtida rahbar lavozimlarida ishlagan Nabijon Sattorov, Foziljon Mirzaev, Azizbek Sulaymonov, Ilhom Ustaxonov, shuningdek, ajoyib futbolchi sifatida yaxshi nom qoldirgan va keyinchalik murabbiy sifatida ishlagan Rustam Abdiev, Baxtiyor Hamidullaev, bugungi kunda bolalar futboli markazlarida rahbarlik lavozimida ishlayotgan Otabek Qilichev, Temur To'xtasinov, uzoq yillar davomida Andijon viloyati futbol federaciyasida mehnat qilgan Muzaffar Mamedov, “Navro'z” stadionining uzoq yillik direktori Jahongir Madixonov, “Futbol Ekspress” gazetasining bosh muharriri bo'lgan SHukurullo Ishoqov kabilar tashrif buyurishdi. 

SHuningdek, jamoamizning jonkuyarlaridan bo'lmish Rustambek O'ktambekov, faxriylardan esa “Andijon” futbol klubining faxriylar kengashi raisi Jamolxon Bahodirov, “Andijonnoma” gazetasi muxbiri, “Bobur Arena” stadionining shirin ovoz suxandoni G'ulomqodir Abdurahimov, faol faxriy muxlislarimizdan Muhammadkarim Tojiboev hamda yana 10 dan ortiq faxriy muxlislarimiz tadbirda ishtirok etishdi.  

Har doimgidek bayram marosimi “Andijon” futbol klubining hamkori bo'lmish “Ulfatlar 3” choyxonasida tashkil etildi. Bayramona tus olgan o'ziga xos tadbir davomida uzoq vaqtdan beri bir-biri bilan ko'rishishga muvaffaq bo'la olmayotgan eski qadrdon tanishlarning qizg'in suhbatlari, samimiy tarzdagi tilaklari, o'tmishda bo'lib o'tgan qiziqdan-qiziq voqealarni yodga olishlari bilan vaqt qanday o'tib ketganini hech kim sezmay qoldi. 

“Andijon” futbol klubi tomonidan eski tanishlarni yig'ib, ularning hurmatini joyiga qo'ygani munosabati bilan mehmonlar klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi. Tadbir so'nggida esa bayram munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylarga klubning esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика