So’nggi yangiliklar

07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  0 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  0 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  5 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  38 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1

“Andijon” FK va ADU o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi Yangiliklar

“Andijon” FK va ADU o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi

Teglar :  AndijonADU
“Andijon” futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan yaqinda Andijon Davlat Universitetida jamoa vakillari va talabalar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Viloyat futbol associaciyasi, “Andijon” futbol klubi rahbariyati, futbolchilar hamda Andijon Davlat Universitetining rektor, dekan, ustoz va talabalari ishtirok etdi.

Malumki, “Andijon” futbol klubining bir qator o'yinchilari ilgari aynan ushbu oliy dargohda talim olgan va bugungi kunda ham universitetda bir nechta futbolchi talabalarimiz mavjud.

Mazkur uchrashuvni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad, “Andijon” futbol klubi va ADU o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlamalik foydali loyixalarni amalga oshirishirdir.

“Andijon” futbol klubi rahbariyati oliy dargohga tashrif buyurar ekan, mehmonlarni universiteti rektori Akromjon Yuldashevning shaxsan o'zi kutib oldi va tashrifdan mamnun ekanligini yashirib o'tirmadi.

Konfereniya zalida tashkil etilgan ochiq suhbat jarayonida Viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov, “Andijon” futbol klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisalomov, “Andijon” FK bosh direktor o'rinbosari Arif Mamatkazin, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov va jamoaning faxriy futbolchisi, bugungi kunda ADU talabasi bo'lgan Ibrohim Otaxonov tadbirda so'z olib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'z navbatida universitet rektori A.Yuldashev ham jamoa faoliyatiga befarq emasligini, har bir uchrashuvda qo'llab-quvvatlab, muvaffaqiyatga erishilganida quvonayotganini yashirib o'tirmadi.

ADU talabalari ham tadbirda o'ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, bosh murabbiyga turli savollar va tilaklarini bildirib o'tganini aytish lozim.

Mazkur uchrashuv chog'ida “Andijon” FK va Andijon Davlat Universiteti o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi. Unda har ikki tomon bir qator yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xususan, “Andijon” FK va viloyat futbol associaciyasining amaliy ko'magi bilan kelasi yil viloyat birinchiligida universitet jamoasi ishtirok etadigan bo'ldi.

Uchrashuv so'nggida “Andijon” futbol klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisalomov klub ramzi tushirilgan bir qator estalik sovg'alarini jamoa nomidan Andijon Davlat Universiteti rektori Akromjon Yuldashevga taqdim etdi.

O'z navbatida universitet nomidan ham rektor A.Yuldshaev “Andijon” FK vice-prezidenti M.Abdisalomovni mamlakatimizda sportni, xususan futbolni rivojlantirishda qo'shib kelayotgan xissalarini doimo yuksak qadrlashini ifoda etib, maxusus diplom bilan taqdirladi.

Tadbir shu tariqa samimiy va ishchan ruxda yakuniga etdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика