So’nggi yangiliklar

07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  0 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  0 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  1 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  228 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  6 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  15

Superliga. 100 daqiqadan oshiq davom etgan o'yinda "Dinamo" oxirgi pallada "Andijon"ga gol urib g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. 100 daqiqadan oshiq davom etgan o'yinda "Dinamo" oxirgi pallada "Andijon"ga gol urib g'alaba qozondi

Birozdan so'ng O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi "Andijon" - "Dinamo" o'yini bo'lib o'tdi.


"Andijon" - "Dinamo" 1:2 (TUGADI)

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Danil Yacenko

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Maksim Nexochin

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Ulug'bek Abdullaev 65, 0:1, Luka Uskokovich (Oleg Zoteev) 81, 1:1, Firdavs Abdurahmonov (Mirjahon Mirahmadov) 90+14, 1:2

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.Rustam Turdimurodov (11.Islam Mashukov,77), 8.Iskandar Shayqulov, 10.Ilhom Abdug'aniev (9.Mirzad Mexanovich, 74), 14.Abdurahmon Komilov (33.Oleg Zoteev,77) 18.Damir Temirov (6.Altin Kreziu, 63), 23.Doniyor Abdumannopov ( 22.Usmonali Ismonaliev,63), 32.Luka Uskokovich, 66.Miomir Durichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov

Zaxira: 12.Mohir Komilov, 4.Islombek Mamatkazin,  13.Sardor Azimov, 17.Farhod Sohibjonov, 

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Fransisko Jurani, 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvarjon Hojimirzaev (11.Xislat Halilov, 88), 16.Richard Fraydey (37.Firdavs Abdurahmonov, 63) 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev (8.Sanjar Qodirqulov,75), 25.Oybek O'rmonjonov, 88.Marko Stanoevich (, 5.Duglas Maykon, 63)

Zaxira: 27.Edem Nemanov,  14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 24.Muxsin Bozorov, 

Ogohlantirish: Damir Temirov ("Andijon") 19, Ulug'bek Abdullaev ("Dinamo") 28

MATNLI TRANSLYACIYA


90+21. Uchrashuv yakunlandi. 

90+20. Gol inobatga olindi. O'yin yana qancha davom etarkin?

90+18. Hakam vaziyatni VARdagilar bilan muhokama qilmoqda. 

90+15. Bosh hakam VARni eshitmoqda. Bugungi o'yin ikkinchi bo'limi yonmoqda. 

90+14. GOL. "Dinamo" o'yinning oxirgi daqiqalarida g'alaba to'pini kiritmoqda. Mirjahon Mirahmadovning jarima maydonchasi ichiga uzatib bergan to'pini Firdavs Abdurahmonov qabul qilib olib osonlikcha darvozani ishg'ol qildi. 

90+10. 100-daqiqa boshlandi. Hakam jamoalarga qo'yib beryapti. 

90+6. Altin Kreziuning pasidan so'ng Uskokovich gol urgandi. Lekin o'yindan tashqari holat deb topildi. O'yin davom etadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

89. Stadiondagi muxlislardan biri yon hakamga nimadir uloqtirdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.

88. Nasibullaev VARda o'zi vaziyatni ko'rgach penalti yo'qligini bildirdi. 

86. Nasibullaev VARni eshityapti. O'zi monitor oldiga bordi. Vaziyatni ko'ryapti. 

84. PENALTI. Nasibullaev "Dinamo" darvozasiga penalti belgiladi. Maykon jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

81. GOL. "Andijon" hisobni tenglashtirdi. Oleg Zoteevning burchakdan bergan uzatmasidan so'ng Luka Uskokovich darvozaga yo'l topdi. 

77. O'ZGARISH. "Andijon", Rustam Turdimurodov o'rniga Islam Mashukov, Abdurahmon Komilov o'rniga Oleg Zoteev tushdi.

75. O'ZGARISH. "Dinamo", Ulug'bek Abdullaev o'rniga Sanjar Qodirqulov tushdi.

74. O'ZGARISH. "Andijon", Ilhom Abdug'aniev o'rniga Mirzad Mexanovich tushdi.

71. Ulug'bek Abdullaev raqib futbolchisi Bektemir Abdumannonov bilan to'qnashuvda boshidan jarohat oldi. U almashtiriladi. Uning o'rniga Sanjar Qodirqulov tushadi. 

65. GOL. "Dinamo" uchrashuvda hisobni ochdi. Ferreyradan to'pni qabul qilib olgan Ulug'bek Abdullaev aniq zarba bilan mezbonlar darvozasini aniq nishonga oldi.

63. O'ZGARISH. "Andijon", Damir Temirov o'rniga Altin Kreziu, Doniyor Abdumannopov o'rniga Usmonali Ismonaliev tushdi.

63. ZARBA. Mirjahon Mirahmadovning zarbasini Adhamov osonlikcha egallab oldi.

60. ZARBA. Damir Temirovning zarbasi kuchli va aniq bordi. Yagudin to'pni qaytardi. 

55. ZARBA. YAna Rustam Turdimurodov. "Burgutlar" hujumchisi "Dinamo" darvozasiga zarba yo'lladi. Zarba kuchli ammo noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 



45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. ZARBA. "Andijon" qarshi hujum uyushtirdi. Rustam Turdimurodovning zarbasini Yagudin qaytardi. Qaytgan to'pga Doniyor Abdumannopov zarba yo'lladi. Noaniq. "Andijon"ning qarshi hujumi xavfli chiqdi. 

42. ZARBA. Anvar Hojimirzaevning jarima maydonchasiga yaqin xududda yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

39. Vaziyat ko'rib chiqilmadi. O'yin davom etadi. 

36. Doniyor Abdumannopov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Hakam o'yinni davom ettirishni aytdi. Nasibullaev VARni eshitmoqchi. 

34. "Andijon" raqibi darvozasi oldida keskinlik yaratib ko'rdi. Yagudin o'z o'rnida.

30. Stanoevichning burchakdan uzatib bergan to'pidan so'ng jarima maydonchasi ichida O'rozov boshi bilan zarba yo'lladi. Mezbonlar posboni Eldor Adhamov to'pni qaytardi.

28. OGOHLANTIRISH. "Dinamo" futbolchisi Ulug'bek Abdullaevga sariq kartochka ko'rsatildi.

22. ZARBA. Oybek O'rmonjonov jarima zarbasini ijro etdi. Xavfli lekin noaniq. 

20. ZARBA. Bektemir Abdumannonov Yagudin darvozasini nishonga olib ko'rdi. Uning urinishi samarasiz yakunlandi. 

12. "Dinamo" hujumchisi Anvar Hojimirzaevga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

8. ZARBA. Ilhom Abdug'aniev uzoq masofadan omadini sinab ko'rdi. Zarba noaniq. 

- O'yinga start berildi. "Bobur Arena"da hakam xushtagi yangradi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика