So’nggi yangiliklar

10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  0 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  6 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  239 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5

"Andijon" bosh direktori Elbek Samatov: "Tarkibimizni kuchaytirish ustida ish boshlangan, OCHLni Andijonda qabul qilamiz" Yangiliklar

"Andijon" bosh direktori Elbek Samatov: "Tarkibimizni kuchaytirish ustida ish boshlangan, OCHLni Andijonda qabul qilamiz"

"Andijon" jamoasining O'zbekiston kubogida g'olib chiqishi o'zbek futbolidagi katta voqea sifatida tarixga kirdi, chunki bunga qadar kubok Toshkent klublari va "Nasaf"niki bo'layotgandi.

 Endilikda "burgutlar" keyingi mavsumda OCHLda ishtirok etadi, lekin buning uchun malum bir talablarni bajarish kerak bo'ladi. Xo'sh, bu borada tayyorgarlik qanday ketyapti? SHu va boshqa savollar bilan klub bosh direktori Elbek Samatovga yuzlandik.

- "Andijon" jamoasi uchun bu yilgi mavsum qanday o'tmoqda? Mavsum boshida qo'yilgan vazifalar, o'ylangan rejalarga qanchalik mos o'tyapti? 

- Superliganing birinchi davrasini yaxshi o'tkazdik deb bemalol ayta olaman. Ikkinchi davrani esa qoniqarsiz tarzda o'tkazmoqdamiz. Kubokda o'zimiz o'ylagandan ham yaxshiroq natija qayd etdik va g'olib chiqdik. Mavsum boshida maqsadimiz kuchli beshlikka kirish edi. Umuman olganda mavsum ko'ngildagidek ketyapti. Masalan, 2 va 11-o'rindagi jamoa o'rtasida farq yo'q, chunki hech narsa bermaydi. Kubokni olgan holda OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritdik. 

-  Kubokka ega chiqish rahbar sifatida qanday taassurot, hissiyotlarni berdi? Ichingizdan nima o'tdi? 

- Taassurotlar juda kuchli bo'ldi. Kun o'tgan sari katta ish qilganimizni tushunib boryapman. OCHL-2 turnirida ham munosib ishtirok etamiz.


-  Selekciya ishlari haqida. Bu yilgi transferlar, yangi futbolchilar qanchalik samara keltira oldi, rahbariyat, murabbiylar qoniqdimi? 

- Umumiy olganda ko'ngildagidek bo'ldi. Yangi kelgan futbolchilar yutuqlarimizga o'z hissalarini qo'shdi, deya olaman. Deylik, Rustam Turdimurodov, SHahrom Samiev, Bektemir Abdumannonov va boshqalar ham o'zini ko'rsatdi. 

-  Keyingi yil jamoa OCHLda o'ynaydi. Buning uchun talablarni bajarish bo'yicha ishlar boshlanganmi? Stadiondagi sharoitlar va hokazo...

- Albatta, OCHLda o'ynashning o'ziga yarasha talablari borligidan xabardormiz. Buning uchun vaqtimiz bor. Dekabr oyidan boshlab stadionimizni talablarga mos holatga keltirishni boshlaymiz. Bundan muammo yo'q. Bizning PFL boshqa davlatlarga qaraganda klublarga bu borada vazifalarni yuklab kelyapti. SHu sababli aksariyat talablar bajarib bo'lingan. Media tribuna, MTRKga, muxlislarga sharoitlar yaratilish ustida ish olib boriladi. Nasib qilsa, raqiblarni Andijonda qabul qilamiz.



- OCHLni hisobga olganda "Andijon"ning tarkibi qanday ko'rinishda bo'lishi mumkin? Tabiiyki muxlislar yangiliklar kutadi, xalqaro musobaqalarda tajribali nomlar ham kerak... 

- Tarkibimizni bundanda kuchliroq qilishimiz kerak bo'ladi. Hattoki, chempion jamoa ham kuchayishni istaydi. Biz ham bu bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda, jarayon ketyapti. Yaqin kunlarda bu narsa amalga oshadi va elon qilamiz. 

- Klubda qarzdorlik bilan bog'liq muammolar yo'qmi? Futbolchilar, boshqa tashkilotlardan... 

- Bu borada jiddiy muammolar yo'q, futbolchilar oldida ham qarzdorlik yo'q.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика