So’nggi yangiliklar

00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  12 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  6 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1

"Andijon" bilan paradoksal vaziyat yuzaga keldi Yangiliklar

"Andijon" bilan paradoksal vaziyat yuzaga keldi

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Telegram'dagi sahifasida "Andijon" futbol klubi bilan bog'liq holat haqida fikr bildirdi.

"Klubga sobiq futbolchilar oldidagi qarzlari tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlangan. 

Aytishlaricha, qarzlar 2015 yilgi. Klub bu qarzlarni tan oladi, ammo qaytarishga shoshilmayapti.

Xo'sh, buning nimasi paradoks? – Klub qarzlarni tan olishi.

Boshqacha bo'lishi mumkinmi? – Mumkin. CHunki aynan shu klub 2020 yildagi sobiq xodimlar va boshqa tashkilotlar oldidagi boshqa qarzlarini tan olmaydi.

Va bu xodimlarning vakolatli organlarga murojaatlari hech narsani anglatmaydi. CHunki ular aytganidek, "Andijon" FKning amaldagi inkarnaciyasi (mujassamligi) faqat 2020 yilning oxirida qonuniy ro'yxatga olingan. Va shuning uchun O'zbekiston qonunchiligi nuqtai nazaridan klubning avvalgi xodimlari oldidagi qarzlari qaytarilishi shart emas.

SHunday qilib, paradoks:

Bir tomondan, "Andijon" FK avvalgi klubining futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzlarini tan oladi, avvalgi klubning xizmatlarini tan oladi (aks holda, 2021 yilda Superligada o'ynay olmasdi), lekin boshqa qarzlarini tan olmaydi. 

Aytish joiz, jabrlanuvchilar klubning eng kam maosh oladigan va eng himoyasiz xodimlaridir. Ular esa o'z yurtlarida adolat izlashdan charchagan holda FIFA va OFKga shikoyat yozishga tayyor.

Darvoqe, "Andijon" FK 2020 yil oxirida tuzilgan va ayni paytda 2015 yil uchun qarzlarini tan olgan bo'lsa, auditorlik hisoboti qanday ko'rinishdaligini ko'rish qiziq", – deyiladi Nikimbaev postida.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика