So’nggi yangiliklar

11:37Расман: "Динамо" буркина-фасолик футболчини таркибга қўшиб олди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

“Andijon” barcha qarzlarni bartaraf qilib, futbolchilarini tatilga chiqardi Yangiliklar

“Andijon” barcha qarzlarni bartaraf qilib, futbolchilarini tatilga chiqardi

Teglar :  "Andijon"
Pro liga mavsumi rasman nihoyasiga etdi.

Unda “Andijon” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda muddatidan ilgari 1-o'rinni egalladi va natijada Pro-liga g'olibi sifatida Superliga chiptasini qo'lga kiritdi.

Kecha mavsumdagi so'nggi o'yinini o'tkazgan “Andijon” tatilga chiqdi. 

Eng asosiysi, barcha jamoa azolarining oila davrasiga yanada yaxshi kayfiyatda qaytishlari uchun oylik maosh va mukofot pullari bilan bog'liq hisob-kitob ishlari bartaraf etildi. Hattoki, shartnomalarning  30 noyabrgacha tuzilganlari ham bo'lib, ushbu oy uchun ham ish haqlari to'liq o'z egalariga topshirildi. 

Kecha o'yindan keyin “Andijon” klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev klubning tatilga chiqishidan oldin murabbiylar va futbolchilarga ajoyib mavsumni o'tkazib, muxlislarni xursand qila olgani uchun minnatdorchiligini bildirdi. Ayniqsa, legioner futbolchilarga ham alohida tashakkurini izhor qilib o'tdi. 

SHuni alohida aytish o'rinliki, klubdagi barcha murabbiy hamda futbolchilar bilan hisob-kitob ishlari bartaraf etilib, yangi mavsumga qarzdorliksiz kirilishida va jamoani kuchaytirish uchun taklif qilinadigan futbolchilar bilan muzokaralarning olib borilishida bu holat muhim rol o'ynaydi.

Mavsumlar oralig'ida yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni rasmiy sahifamiz orqali yoritib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting! 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика