"Andijon" barcha ananalarni yangilashda davom etadi. "Lokomotiv" 16 yildan so'ng Toshkentda taslim qilindi
05 apr 2024 14:42
Yangiliklar
"Andijon" barcha ananalarni yangilashda davom etadi. "Lokomotiv" 16 yildan so'ng Toshkentda taslim qilindi
|
Lokomotiv Sardor Abdunabiev - 85' |
Superliga. 5-tur 04/04/2024, 19:15 2
:
1
Tugadi
|
Andijon Islom Mamatkazin - 55', SHahrom Samiev - 70' |
— Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi maydonga chiqqan burgutlar ortga g'alaba bilan qaytdi (2:1). SHu tariqa "burgutlar" 16 yildan so'ng "temiryo'lchilar"ni mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqdi. Jamoa bu ishni so'nggi marotaba 2007 yil bajargandi. O'shanda Doniyor Hamidullaevning yagona goli g'alabaga sababchi bo'lgan.

— Umuman "Andijon" bu yil har turda kamida 1 ta ananalarini yangilamoqda, tarixiy natija qayd etmoqda. Deylik jamoa 2-turda o'z maydonida "Bunyodkor"ni enggandi. Bu ularning "qaldirg'ochlar" ustidan qo'lga kiritgan birinchi g'alabasi edi. O'sha kuni Aleksandr Xomyakov shogirdlari tarixda ilk bor "Bunyodkor"ga 3 tadan ko'p gol urdi.
— Andijonliklar 3-turda Toshkentda "Surxon" mehmoni bo'ldi. Bu oqshomda jamoa raqibi darvozasiga 3 ta gol urdi. Mazkur xodisa so'nggi martta 2001 yilgi mavsumda ro'y bergan edi. Aniqroq qilib aytganda "burgutlar" 23 yildan so'ng safarda termizliklar darvozasiga 2 tadan oshiq to'p kiritdi.

— Avvalgi turda klub uyda "Nasaf"ni qabul qildi va durang o'ynadi. SHu tariqa mezbonlar 2020 yildan buyon uyda "ajdarlar"ga mag'lub bo'lmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar