Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi durang haqida: "Real" bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazmadi"
26 sen 2021 09:30
Yangiliklar
Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi durang haqida: "Real" bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinini o'tkazmadi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 7-tur doirasidagi "Vilyarreal" (0:0)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Biz bosim o'tkazishga harakat qildik, ammo ular to'pni juda ajoyib harakatlantirishdi, uni nazorat qilishdi va biz uchun hayotni qiyinlashtirishdi. Biz ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmaganimiz aniq. Kurtuadek darvozabonimiz borligi esa omadimiz. U ajoyib o'ynadi va haqiqatdan ham bizni qutqardi.
Durangdan xafa emasman, sababi "Vilyarreal" bilan shunday bo'lishi mumkin. Biz chempionatdagi yo'limizni davom ettirammiz. Men Modrich va Kazemiro charchadi deb o'ylamayman, ular Kamavingadek ko'p ishlashdi, shunday ekan bu ajablanarli emas. Ularning o'yinidan qoniqdim", - deydi Anchelotti.
"Real" 17 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. "Vilyarreal" esa 8 ochko bilan 10-o'rinda joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar