Anchelotti to'rtinchi o'yinchini "Oltin to'p"ga etakladi. SHevchenko, Kaka, Ronaldu va Benzema – ajoyib kollekciya
19 okt 2022 13:33
Yangiliklar
Anchelotti to'rtinchi o'yinchini "Oltin to'p"ga etakladi. SHevchenko, Kaka, Ronaldu va Benzema – ajoyib kollekciya
Karlo Anchelotti navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi: Benzema "Oltin to'p"ni olganidan so'ng, italyan mutaxassisi qo'l ostida to'rtta o'yinchi ushbu sovrinni olgan ilk murabbiyga aylandi.
Karimning qanday guruhga qo'shilganini ko'raylik-chi.
2004 – Andrey SHevchenko (Anchelottida – 2001-2006, 2008-2009 yillar)
Barchasi asr avvalida Anchelotti ikkita CHLni qo'lga kiritgan kuchli "Milan" bilan boshlandi. Ukrainalik SHevchenko "CHelsi"ga ketishidan oldin CHL (2003)ni yutdi va 2004 yilda "Oltin to'p"ga munosib ko'rildi. Ukrainalik o'sha mavsumda A Seriyada 24ta gol urgan holda to'purar bo'ldi va "Milan"ga 5 yil ichida ilk bor sovrin yutishga yordam berdi. SHeva 2004 yilning avgustida xet-trik qayd etgan holda, Italiya Superkubogi o'yinida g'alaba qozondi.
Forvard "Oltin to'p" uchun kurashda Deku, Ronaldino va Anrini ortda qoldirdi.
"Real"ning so'nggi CHLdagi g'alabasidan so'ng SHevchenko Anchelottiga iliq xabar yubordi:
"Tabriklayman, mister. Sizdaylar ortiq yo'q! Ilk bor – 19 yil oldin Manchesterda. CHempionlar Ligasida to'rtta g'alaba, siz tarix yozdingiz".
2007 – Kaka (Anchelottida – 2003-2009 yillar)
Anchelotti yillar davomida Kakani jahon darajasidagi o'yinchiga aylantirdi, braziliyalik 2007 yilda CHempionlar Ligasi qo'lga kiritilishida muhim rol o'ynadi. Kaka CHLning o'sha mavsumida katta farq bilan to'purar (10ta gol, eng yaqin taqibchilarda 6tadan) bo'lddi, uni shuningdek eng yaxshi o'yinchi deb topishdi. "Milan" o'sha yili UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHni oldi.
Kaka 2007 yildagi "Oltin to'p" uchun ovoz berishda (444 ochko) Ronaldu (277) va Messi (255)ni ishonchli tarzda ortda qoldirdi.
Kaka 2020 yilda Anchelottini faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb atadi.
"Ishlagan har bir murabbiyimdan nimadir o'rgandim. Ammo, Karlo men uchun eng yaxshisi bo'ldi, chunki u mendan barcha yaxshilarini olib chiqdi.
Uning eng qoyil qoldiradigan mahorati – futbolchilarni boshqarishni bilishi. Bu juda muhim. Albatta, u shuningdek taktika va o'yinni tushunishda ham yaxshi, ammo asosiysi – uning o'yinchilar bilan ishlashida.
Sening tarkibingda 25 o'yinchi bor va ulardan maydonga atigi 11 nafari chiqadi. Qolganlar bilan nima qilish kerak? Ularning motivaciyani yo'qotib qo'ymasligi uchun nima qilish kerak? O'yinchilarda u haqida doim yaxshi xotiralar qolgan".
2014 – Krishtianu Ronaldu (Anchelottida 2013-2015 yillar)
Anchelotti va Ronaldu 4ta sovrin yutishdi va "Real"ni birgalikda CHLdagi 10-g'oliblikka olib kelishdi (madridliklar ushbu sovrinni 2002 yildan beri qo'lga kiritishmagandi). Krishtianu o'sha CHempionlar Ligasi mavsumida rekord darajada (17ta) gol urib, musobaqaning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi. Umumiy esa 47ta o'yinda 51ta gol urdi.
Ronaldu 2014 yilgi "Oltin to'p" uchun ovoz berishda (37,66% ovoz) osongina Messi (15,76%) va Noyer (15,72%)ni ortda qoldirdi. Bu portugaliyalik uchun uchinchisi bo'ldi, umumiy esa 5ta shunday sovrin hozirda unda jamlangan.
"U aqlbovar qilmas inson, – dedi Ronaldu Anchelotti haqida. – SHunchaki har bir o'yinchida u bilan ishlash imkoniyati bo'lishini xohlayman, sababi u fantastik inson va fantastik murabbiydir. Uni juda ham sog'inaman, sababi birgalikda ko'plab sovrinlar yutganmiz".
2022 – Karim Benzema (Anchelottida 2013-2015, 2021 yildan hozirgacha)
Bu esa yangi g'olib. Kaka va Ronaldu kabi Benzema ham g'alabali CHempionlar Ligasi mavsumida to'purar bo'ldi. Francuz musobaqadagi 12ta o'yinda 15ta gol urdi. Karim shuningdek La Ligani qo'lga kiritdi va u erda 27ta gol urgan holda, eng yaxshi to'purar bo'ldi.
"Real"da mavsum davomida 46ta o'yinda 44ta gol – mutlaq munosib sovrin.
Benzema Anchelottini dunyodagi eng yaxshi murabbiy deb ataydi, italyan esa 34 yoshli forvard ikkinchi "Oltin to'p" uchun ham kurasha olishi mumkinligiga ishonadi.
"U o'tgan mavsum "CHelsi"ga qarshi CHempionlar Ligasi chorak finalning ilk o'yinidagi tanaffusda eng ko'p hayratda qoldirdi", – deydi Anchelotti. U endigina bosh bilan ikkita ajoyib to'p kiritgandi, ammo kiyim almashtirish xonasiga juda ham jahli chiqqan holda kirib keldi. Buning sababi nima ekanligini tushuna olmadim, u esa menga aytdi: "Vaziyatni boy berdim, ammo xotirjam bo'ling, yana bitta gol uraman". Va u buni qildi! Maydonga qaytdi va Mendini xafa qildi. Bu uning xarakteri va fidoyiligi haqida ko'p narsadan dalolat beradi.
U 34 yoshda shunday professionalizm, ishga to'g'ri munosabat va kamtarlikka ega. Bu ajoyib. Benzema – vinodek, vaqt o'tishi bilan yaxshilanaveradi. U uchun juda ham xursandman. Unga ikkinchi "Oltin to'p" uchun ham kurashishni tilayman. Karim – bu futbol. Bu sof hujumchi va faqatgina to'purar emas, balki futbolni ifoda etuvchi o'yinchi. Bunday o'yinchilar juda kam".
Anchelotti yana 6 nafar "OT" g'oliblariga murabbiylik qilgan
12 yil davomida "Oltin to'p"ni Messi va Ronaldu o'ziniki qilganiga qaramay, Anchelotti 10 nafar ushbu sovrin egalariga murabbiylik qilishga ulgurman. To'rttasi haqida gaplashdik, bu esa Karlo Ota triumf bo'lmagan mavsumda shug'ullantirgan 6 g'olib.
• 2006 – Fabio Kannavaro (Anchelottida – 1996-1998 yillar)
• 1998 – Zinedin Zidan (1999-2001)
• 1999 - Rivaldo (2002-2003)
• 1997, 2002 - Ronaldo (2007-2008)
• 2005 - Ronaldino (2008-2009)
• 2018 – Luka Modrich (2013-2015, 2021 yildan)
Barchasi ham Anchelotti qo'l ostida o'ynab keta olmagan, braziliyalik yulduzlarda katta muammolar bo'lgan. Masalan, Ronaldino "Milan"dagi ilk mavsumida ko'p vaqtini kechalarga sarflagan, bu esa Karloga yoqmagan va braziliyalikni zaxiraga o'tkazgan.
Ammo, Ron ham boshqalar kabi italyanga hurmatni saqlab qolgan. "Karlo Gvardiola bilan dunyodagi eng buyuk murabbiylardan ", – dedi Ronaldino 2017 yilda.
Kannavaro Anchelotti haqida nimani eslaydi: "Bizda noyob aloqa bor edi. U 1998 yilda "Parma"ni tark etganda, barcha jamoa yig'lagandi".
Bu esa Modrichning so'zlari: "Real"da menda har bir murabbiy bilan ajoyib munosabatlar bo'lgandi. Ularning barchasi menga professional darajada o'sishga yordam berishgan, ammo eng zo'rini tanlashga to'g'ri kelsa, Anchelotti variantini to'xtalardim. Bizda shu paytga qadar ajoyib munosabatlar bo'lgan va bo'ladi ham".
Anchelottining o'zi ham o'tgan davrda "OT"ning buyuk g'oliblari bilan bir jamoada o'ynashga ulgurgan – Paolo Rossi, Gullit, Van Basten va Badjo. Umumiy 21ta "Oltin to'p"ni yutgan 14ta sovrindorlarni sanash mumkin. Ehtimol, qaysidir manoda shunday tajriba italyanga yulduzlar bilan ishonchli munosabatlarni o'rnatishga yordam berar.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar