Anchelotti "Real"ning "Selta"ga qarshi o'yindagi kambeki haqida nimalar dedi?
13 sen 2021 11:00
Yangiliklar
Anchelotti "Real"ning "Selta"ga qarshi o'yindagi kambeki haqida nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 4-tur doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Qaymoqranglilar" 5:2 hisobida yirik g'alabaga erishishdi, garchi dastlabki bo'limdan so'ng hisob 1:2 ko'rinishini olgan bo'lsa ham.
"Ishtirokimizni ideal deyish qiyin. Himoyada ikki qo'pol xatoga yo'l qo'ydik, ammo bizga muxlislar juda ham yordam berishdi. Hujumimizga kelsak, bu borada bizda aqlbovar qilmas imkoniyatlar bor. Ammo, himoyada ham yuqori darajada o'ynashimiz kerak. Balansga etish kerak", - deydi italiyalik mutaxassis.
O'yinda Karim Benzema xet-trik qayd etdi. Qolgan gollarga Kamavinga va Vinisius mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar