Anchelotti "Real"ning "Jirona"ga qarshi o'yindagi durangiga izoh berdi
		
		31 okt 2022 11:57
        Yangiliklar	
	
				
				Anchelotti "Real"ning "Jirona"ga qarshi o'yindagi durangiga izoh berdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 12-tur o'yinidan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
			"Qaymoqranglilar" o'z maydonida chempionat autsayderlaridan biri bilan durang o'ynab, La Ligadagi g'alabali seriyasini uzaytira olishmadi.
"Hozir juda ko'p o'yin o'tkazishga to'g'ri kelyapti va futbolchilarning ham jismonan, ham ruhiy jihatdan tiklanishi juda qiyin. Bu ko'plab jamoalarda sodir bo'ladi.
Asensio qo'li bilan o'ynadi deb o'ylamayman. CHempionlar Ligasi o'yinida bunday qaror qabul qilinmagan bo'lardi. Ushbu epizodlar turlicha talqin qilinadi, nimani kutishni bilmaysiz.
"Real" hozirda eng yaxshi holatda emas: Modrich, Valverde va Rodrigo sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli bu hafta ko'p mashg'ulot o'tkazmadi", – dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar