Anchelotti "Real"ning CHempionlar Ligasida g'olib chiqishiga ishonadi
14 avg 2021 19:38
Yangiliklar
Anchelotti "Real"ning CHempionlar Ligasida g'olib chiqishiga ishonadi
Madridning "Real" klubi ustozi Karlo Anchelotti o'z jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlari haqida to'xtalib o'tdi.
"Men chempionatda jiddiy raqobat yuzaga kelishini kutyapman. Ligada "Barselona", "Atletiko", "Sevilya" kabi kuchli raqiblar ko'p va bu menga yoqadi. La Ligadagi g'oliblik biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
CHempionlar Ligasiga kelsak, yutish imkoniyatimiz mavjud. Ha, boshqa klublar kuchaygani rost, biroq bizning jamoamiz ham juda kuchli va dunyoning har qanday jamoasi bilan kurashishga qodir", – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Real" bugun "Alaves"ga qarshi safar o'yini bilan yangi mavsumdagi ishtirokini boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar