Anchelotti: “Real” to'g'ri yo'lda”
27 fev 2022 08:00
Yangiliklar
Anchelotti: “Real” to'g'ri yo'lda”
La Liga 26-turida “Rayo Valekano” ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan so'ng, “Real” ustozi Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Juda mamnunman, to'g'ri yo'ldamiz. Balki, xato o'ylayotgandirman, ammo bugun hech qanday negativ holatni ko'rmadim.
Bugun Kurtua tufayli g'alabaga erishdik, deb aytsak xato bo'ladi. G'alaba qozondik, chunki yaxshiroq o'ynadik va bunga loyiq edik.
Oxirgi uchrashuvlarda Vinisius Junior ishiga bo'lgan yaxshi munosabati sabab biz uchun muhim futbolchiga aylandi. Aynan uning o'zi bugun gol urdi.
Ikkinchi sariq kartochkani olish xavfi tufayli Kazemironi almashtirdim. Valverde va Rodrigo esa qizg'in pallada zaxiradan tushib, o'yinga yaxshi kirishib ketishdi”, deydi italiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar