Anchelotti "Jirona"ga qarshi o'yinda Benzemaning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas
		
		27 okt 2022 18:40
        Yangiliklar	
	
				
				Anchelotti "Jirona"ga qarshi o'yinda Benzemaning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Jirona"ga qarshi o'yinda hujumchi Karim Benzemaning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni xohlamayapti.
			"Marca" xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi turini o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bir hafta muqaddam Benzema mashg'ulotlarda jarohat olgan va shu sabab "Real"ning so'nggi ikki o'yini – "Sevilya" va "Leypcig"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Hozir bosh murabbiy Karlo Anchelotti jarohatini og'irlashtirmaslik uchun futbolchini muddatidan oldin maydonga qaytarishni istamayapti.
Benzema joriy mavsum chempionatda 5 ta gol urdi. Bir hafta oldin futbolchi faoliyatidagi ilk "Oltin to'p"ini olgandi.
"Real" – "Jirona" bahsi 30 oktyabr kuni 20:15 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar