Anchelotti: "Ehtimol, Rodrigo va Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlar"
16 may 2022 19:08
Yangiliklar
Anchelotti: "Ehtimol, Rodrigo va Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlar"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tadigan ECHL finali uchun tanlayotgan tarkibi borasidagi rejalarini aytib o'tdi.

"Ehtimol, Rodrigo va Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlar. Balki ha, balki yo'q, lekin ular o'ynashadi.
Valverde tez-tez zarba berib turishi kerak. Bu fazilatdan u avvalgi o'yinlarda unchalik foydalanmagan bo'lsa-da, so'nggi o'yinlarda buni tez-tez bajarib turdi. Bu u uchun ham, biz uchun ham yaxshi.
Nacho? Nacho bor ekan, har bir o'yin uchun tarkib tanlashda muammoga duch kelasiz. "Real"da o'sha-o'sha 11 nafar futbolchi o'ynayvermaydi", – dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" hamda "Real Madrid" o'rtasidagi final bahsi 28 may kuni Parijda o'tkaziladi va u Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar