Anchelotti: "Azar mavsumning ikkinchi qismida "Real" uchun dahshatli qurol bo'lishi mumkin"
20 dek 2021 14:07
Yangiliklar
Anchelotti: "Azar mavsumning ikkinchi qismida "Real" uchun dahshatli qurol bo'lishi mumkin"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Kadis" (0:0)ga qarshi Ispaniya chempionati 18-tur doirasidagi o'yinda Eden Azarning harakatlarini baholadi.
"Azarning o'yinga kirishib ketishi qiyin bo'ldi, ammo ikkinchi taymda u yaxshiroq ko'rindi. Eden markazda yaxshiroq harakat qiladi, chunki u qanotda o'ynashga odatlanmagan. Azar mavsumning ikkinchi qismida "Real" uchun dahshatli qurol bo'lishi mumkin", - deydi Anchelotti.
30 yoshli belgiyalik futbolchi uch oyda ilk bor Madrid klubida asosiy tarkibda maydonga chiqdi. U joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
"Real" Ispaniya chempionatida 18 turdan so'ng 43 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalini boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar