Ana xolos! "Roma" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi 11 yildan so'ng faoliyatini tiklashga qaror qildi
26 iyu 2024 19:39
Yangiliklar
Ana xolos! "Roma" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi 11 yildan so'ng faoliyatini tiklashga qaror qildi
"Roma", "Tottenxem" va Misr terma jamoasi sobiq hujumchisi Mido 41 yoshida futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqchi.
U 2013 yilning yozida futbolchilik faoliyatini tugatganini elon qilgandi. SHundan so'ng u Misr klublarida murabbiy bo'lib ishladi, Saudiya Arabistoni jamoasini boshqardi.
Mutaxassis Qohira telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
"Sayohatim hali tugamadi. Men Misr Premer-ligasida o'ynashga qaytishni o'ylayapman. Agar qaytsam, kamida 10 ta gol urish bo'yicha garov bog'lashim mumkin. Hozir u erda yaxshi hujumchilar yo'q va bu meni qaytishga ruhlantirmoqda.
Tez orada Misr klublaridan biriga qo'shilib, ular bilan mashg'ulot o'taman. 60 foiz tayyorman. Men futbolni tark etmagandim, shunchaki o'n yillik tanaffus olgandim", – dedi Mido.
O’xshash yangiliklar
22:37
"Barselona", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" Vlaxovich atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda 4
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar