Ana xolos. "Real" sobiq posboni Kiko Kasilya irqchilik tufayli 12ta o'yinga chetlatilishi mumkin
02 noy 2019 15:24
Yangiliklar
Ana xolos. "Real" sobiq posboni Kiko Kasilya irqchilik tufayli 12ta o'yinga chetlatilishi mumkin
"Lids" darvozaboni Kiko Kasilya diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Kasilya sentyabr oyidagi "CHarlton"ga qarshi o'yinda raqib hujumchisi Jonatan Lekoga qarshi irqiy gaplarni aytganlikda gumon qilinmoqda.
Qayd etish kerakki, 20 yoshli futbolchi bu haqda bosh hakamga aytgan va hakam o'sha paytda bu voqeani o'yin uchun berilgan qaydnomalarda yozib qoldirgan.
Angliya futbol associaciyasi bu bo'yicha ish olib bormoqda. Jumladan, lablar orqali o'qiy oladigan mutaxassis va ispan tarjimon yollangan.
Agar Kasilyaning aybi isbotlab berilsa, posbon 8ta o'yindan 12ta o'yingacha chetlatilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kiko Kasilya 2015-2019 yillar davomida Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar