Amirbek Saidov: "Osiyo chempionatida yuqori maqsadni ko'zlaganmiz"
14 noy 2024 18:35
Yangiliklar
Amirbek Saidov: "Osiyo chempionatida yuqori maqsadni ko'zlaganmiz"
O'zbekiston U-20 terma jamoasi o'z yosh toifasidagi qita turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Yoshlarimiz ertaga iroqlik tengqurlari bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yin oldidan terma jamoa hujumchisi Amirbek Saidov fikrlarini bildirdi.
"Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yaxshi o'tmoqda. Ertangi o'yinga ham tayyormiz deya olaman. O'zimizning maksimal o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
Iroq haqida nazariy mashg'ulotlarda o'rgandik. Etarlicha malumotga egamiz. Birinchi maqsadimiz guruhdan chiqish va mundialga yo'llanma olgan holda chempionlikni qo'lga kiritish. Ichki muhit alo darajada. Ahil jamoa yig'ilgan.
Klubimda o'z imkoniyatimni kutmoqdaman. Ishonch bildirishmoqda. O'z ustimda ishlab bundan ham yaxshi bo'lishga harakat qilaman",- deydi Amirbek Saidov.
O’xshash yangiliklar
09:00
Misr terma jamoasi sobiq yulduzi kechagi uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyini tanqid qildi 22
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar