So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Amin Ali Husayin: "O'zbekiston haqli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Amin Ali Husayin: "O'zbekiston haqli g'alabaga erishdi"

O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Amin Ali Husayin jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Birinchi navbatda men O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Biz Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. Kecha ham aytgandim, Yamandagi og'ir vaziyat tufayli o'yinga etarli darajada tayyorlana olmadik. Bugun durangga erishmoqchi edik, agar standart vaziyat bo'lmaganida balki o'zimizga kerakli natijaga erisharmidik, afsuski mag'lubiyatga uchradik. Futbolda mag'lubiyatni ham tan olish kerak, yigitlarim mardonavor o'ynashdi. Keyingi o'yinlarda guruhdagi vaziyatni o'nglashga urinamiz", - deydi Amin Ali Husayin.

- Faqat gol o'tkazib yuborgandan keyingina jamoaingiz ko'proq hujumga o'tdingiz, nima uchun bu golga qadar qilinmadi?

- Bizning asosiy maqsadimiz himoyada o'ynash va durangga erishish edi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng qarshi hujumga o'tishga urindik. Bizda bitta imkoniyat bo'ldi.

- Bunga qadar jamoaingiz KXDR va Filippinga qarshi bahslarda ham yutqazgandi. Bugun ham mag'lubiyat. Uchta jamoani taqqoslab bera olasizmi?

- Uchala jamoaning ham kuchli jihatlari bor, uchala o'yin ham qiyin bo'ldi. KXDR, O'zbekiston va Filippin kuchli, Bahrayn bilan hali o'ynamadik, bu jamoa ham kuchli.

- Fikringizcha bugun O'zbekiston o'z imkoniyatni qanchalik namoyish eta oldi?

- Bugun tarkibimizda ilk bor maydonga tushgan futbolchilar bor edi. Bugungi o'yinda raqib g'alabaga haqli edi. O'zbekiston haqli tarzda g'alabaga erishdi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика