Alonso "Real"ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi?
15 may 16:26
Yangiliklar
Alonso "Real"ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi?
"Real"ning bo'lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso klub rahbariyatiga o'zining transfer maqsadlarini aytib o'tdi.
Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.
Mutaxassis 3 nafar yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning ro'yxatiga Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Din Xyoysen ("Bornmut") va Alvaro Karreras ("Benfika") kiritilgan.
"Qaymoqranglilar" ispaniyalikning himoyani kuchaytirish zarurati borasidagi fikriga qo'shiladi. Biroq transferlar bo'yicha yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qiladi.
Shu bilan birga, "qirollik klubi"da ham "chiqish" transferlari bo'ladi. Ulardan biri Lukas Vaskes bo'lishi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar