So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  7 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

Alisher SHog'ulomov: “Stadionda ajoyib muhit yaratib bergan ishqibozlarimizga rahmat aytaman” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “Stadionda ajoyib muhit yaratib bergan ishqibozlarimizga rahmat aytaman”

“Andijon” – “Neftchi” (2:1) uchrashuvida “burgutlar” hujumchisi Alisher SHog'ulomov mehmonlar darvozasiga javob to'pini kiritish bilan birga, mezbonlar tarkibidagi eng yaxshi o'yinchi deya farg'onaliklar ustozi tomonidan etirof etildi.

Iqtidorli futbolchi birinchi bo'limda mazmunli xarakatlari bilan muxlislarda ham iliq taassurot qoldirdi. O'yin nihoyasiga etgach, SHog'ulomov bilan klub qarorgohida suhbatlashar ekanmiz, u so'zini eng avvalo mahalliy ishqibozlar xususida boshladi.  

- (Xursand bo'lib) Qarang, ajoyib muhit, shubhasiz! Ashaddiy ishqibozlarimiz g'alabadan quvonganidan xatto klub qarorgohiga ham kelib, bayram qilmoqda. Ular bu kabi g'alabalarni sog'inib qolishgan. Yaratganga shukur, bugun muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Derbi o'yinlarida ishtirok etish o'zgacha zavq bag'ishlar ekan. Oldin ishtirok etmagandim to'g'risi. Stadionda ishqibozlar ajoyib muhitni yaratib berdi. Go'yoki evropadagi o'yinlardagidek. Butun o'yin davomida tinimsiz qo'llab-quvvatlashdi. Aynan ularning daldasi hisobiga muvaffaqiyat qozondik. Buning uchun ishqibozlarga rahmat. Ochig'i, ijobiy manoda hayratlandim.  

- O'yinga keladigan bo'lsak, albatta g'alabaga osonlikcha erishmadik. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng bugun faqat yutishimiz shart edi. SHuning uchun hamma futbolchilar birgalikda astoydil xarakat qildik.

- Yigitlarning yuqori ishtiyoqi va murabbiylar shtabining to'g'ri taktika tanlangani evaziga bugun g'olib chiqdik.

- Bugun maydonga tushayotib, gol urishni astoydil niyat qilgandim. CHemionatdagi gollarim hisobini ochib oldim. Nasib qilsa kelgusida ham o'z gollarim bilan jamoamga foyda keltirishga xarakat qilaman - deydi Alisher SHog'ulomov.


"Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика