So’nggi yangiliklar

08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  1 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  42 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104

Alisher SHog'ulomov: “Loko”dan ketgan bo'lsamda, hech kimdan hafa emasman” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “Loko”dan ketgan bo'lsamda, hech kimdan hafa emasman”

Yaqindagina Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan xayrlashgan Alisher SHog'ulomovni kecha “Oq-tepa” – “UzDongJu” (2:0) bahsida uchratib qoldik.

Fursatdan foydalanib, 20 yoshli futbolchini suhbatga chorladik. 

- Alisher, “Lokomotiv” bilan xayrlashganingizni eshitdik. SHu rostmi?

- Ha, bu to'g'ri xabar. 

- Bunga nima sabab bo'ldi?

- Menimcha har qanday futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. SHu jumladan men ham. Afsuski “Lokomotiv”da bunday imkoniyat menda kam bo'ldi. 

- Aslida klub bilan tuzilgan shartnoma qanchongacha amalda edi?

- SHu yilning so'nggida bitim yakuniga etardi. Lekin men rahbariyat bilan gaplashib, shartnomani bekor qilishlarini so'radim. Qolaversa ularga klubda qancha muddat o'ynagan bo'lsam, buning uchun minnatdorchilik bildirdim. 

- Bosh murabbiy bu qaroringizga qanday munosabatda bo'ldi?

- Vadim Karlenovich menga shoshilmaslikni va kelgusida yana imkoniyat berishini takidladi. Ammo men qarorimda qatiy turdim va fikrimni o'zgartirmadim. 

- Abramov bilan munosabatingiz qanday edi?

- Garchi jamoa bilan muddatidan oldin xayrlashgan bo'lsamda, Vadim Karlenovichdan minnatdorman. U kishining qo'li ostida o'ynab, o'sishga erishdim va OTJga chaqiruv oldim. Abramovga bundan keyin ham hurmatim baland bo'lib qoladi.

- Asosiy tarkibning muhim azosi bo'lishingizga nima etishmadi?

- “Lokomotiv”dagi hujumchilarga etibor qaratadigan bo'lsak, ulardan birgina Marat Bikmaevni tajribali deb bilaman. Qolganlari bilan esa deyarli bir xil saviyada o'ynash mumkin. Demoqchimanki, hech kimdan kam joyim yo'q. Bemalol raqobatlashsa bo'ladigan o'yinchilar. Lekin maydonda kimning o'ynashini bosh murabbiy hal qiladi. 

- Endigi rejalar qanday? Birinchi davra o'yinlari yakunlanishini kutasizmi?

- Yo'q, yaqin orada yangilik bo'lishini kutyapman. Aniqrog'i xorijda o'ynash uchun imkoniyat yuzaga kelgan. 

- Sir bo'lmasa qaysi chempionatga yo'l olasiz?

- (Kulib) Keling bu hozircha sir bo'la qolsin. Agarda ishlarim ijobiy kechsa, keyin o'zim sizga aloqaga chiqaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика