So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

Alisher SHog'ulomov: "Ispaniyalik murabbiy bilan birgalikda jamoamizga yangilik olib kirishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Ispaniyalik murabbiy bilan birgalikda jamoamizga yangilik olib kirishga harakat qilamiz"

Pro liga navbatdagi turida Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi Jizzaxda "Zomin" mehmoni bo'lib 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa rahbari Alisher SHog'ulomov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Bu - futbol, o'zimizning xatolarimiz evaziga darvozamizdan to'p olib chiqdik. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin hisobni tenglashtirishga vaqt ham qolmagandi. Yigitlar ham xech narsa qila olishmasdi.

Ikkinchi bo'limda ham maqsadimiz to'pni nazorat qilish va raqibni to'psiz o'ynatgan holatda charchatish edi. Zaxiradan yangi kuchlarni tushurib hujumni oshirishni istagandik.

Birinchi bo'limda "Zomin" jamoasi jismoniy jihatdan tetik edi, kuch ko'p edi. SHu bois himoyada xato qilmaslikka etibor berdik. "Zomin" jamoasi ikkinchi bo'limda charchashi oqibatida biz ustunlikni o'z tomonimizga og'dirib olmoqchi edik.

Jamoada moliyaviy holat yaxshi. Qarzlar yo'q, o'zimiz g'alaba qozona olmayapmiz. Xatolar ustida ishlaymiz, safimizga kecha yangi ispaniyalik murabbiy kelib qo'shildi. O'ylaymanki, ushbu murabbiy bilan birgalikda yangilik yarata olamiz. Ikkinchi taymda futbolchilar yaxshi o'ynashdi, biz bergan ko'rsatmalarni bajarishdi. Xudo bugun yutishimizni istamagan ekan.

"Zomin" jamoasining maydoni ajoyib, hattoki ayrim Superliga jamoalarnikidan yaxshiroq. Bunday strukturada faqat futbol o'ynashni o'ylash kerak. "Zomin"ning stadioni top darajada, bunday jamoaning o'rni Superligada bo'lishi kerak", - deydi SHog'ulomov.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика