So’nggi yangiliklar

16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  27 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  8 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  34 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0

Alisher SHog'ulomov: "Bugun ochiq o'yin ko'rsatishga qaror qilmadik" Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: "Bugun ochiq o'yin ko'rsatishga qaror qilmadik"

Pro liga 13-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Oq-tepa"(0:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa boshlig'i Alisher SHog'ulomov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Birinchi o'rinda jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman. Boisi beshta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotgan edik. Jamoamizda katta o'zgarishlar bo'lgani sababli o'yinlarimiz qovushmayotgandi. Avvalgi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsakda natija o'xshamayotgandi. Bugun ochiq o'yin ko'rsatishga qaror qilmadik. Himoyadan o'ynashga harakat qildik va belgilagan vazifani bajardik

Ha, aytganimdek yangi murabbiy kelgach jamoada katta o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa shakllanmoqda. Ispan uslubi ostida mashg'ulotlarni o'tkazmoqdamiz. Murabbiy ham kelayotganda o'zining uslubini singdirishi uchun vaqt kerak bo'lishini aytgan edi. Bu yil asosiy etiborni yoshlarga qaratmoqdamiz va keyingi yilga jamoani tayyorlayapmiz. Ispaniyalik murabbiyni ayrim sabablarga ko'ra ro'yxatdan o'tkaza olmadik.

Jamoamizda ayrim muammolar paydo bo'ldi. Ayrim xodimlarimiz koronavirusga chalindi. SHifokorimiz oilaviy sabablarga ko'ra jamoamizni tark etdi. Bundan tashqari bir nechta futbolchimiz koronavirusga chalindi va hozirda izolyaciyada. SHu sababli ular bugun qaydnomaga kiritilmadi.

Ispaniyalik murabbiy o'yindan oldin kelganimdan beri hali yutmadik, men omadsiz murabbiymanmi deya o'zidan hafa bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan keyin esa unday emasligini tushundi.

Jamoamizga ispaniyalik murabbiy kelmasidan avval ham o'sha uslub ostida ishlardik, shaxsan o'zim to'p nazorati, qisqa va uzun paslarga asosalangan futbolni yaxshi ko'raman. Bugun esa teskarisi bo'ldi. Bunga o'zimiz qaror qildik. CHunki, avvalgi o'yinlarda to'p nazorati biz tomonda bo'lishiga qaramasdan yakunda mag'lubiyatga uchrayotgandik.

"SHo'rtan" yaxshi shakllangan jamoa, o'zim ham shu erda to'p tepganman. Asror Aliqulov juda yaxshi mutaxassis, ajoyib murabbiy. Ulardan ko'p narsa o'rganishni istayman. Futbolchilik faoliyatlarida ham yaxshi himoyachi bo'lganlar. Himoyani qanday tashkil qilish borasida ushbu inson bilan maslahatlashishim kerak. Yangi murabbiyning oldiga bu yil o'yinni yo'lga qo'yish vazifasi qo'yilgan. Hozirda akademiyamizga ham etibor qaratmoqdamiz",- deydi Alisher SHog'ulomov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика