So’nggi yangiliklar

18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  0 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  1 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  5 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  0 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  3 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  5 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  11 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  13

Alisher Nikimbaev: "OFK Osiyo chempionatlarini keyingi yilga qoldirmoqchi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "OFK Osiyo chempionatlarini keyingi yilga qoldirmoqchi"

Xabaringiz bor, kuz oyida O'zbekiston va Bahrayn mamlakatlarida U-19 va U-16 Osiyo chempionatlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

"OFK mazkur musobaqalarni keyingi yilga qoldirish haqida o'ylamoqda. Bir qator milliy federaciyalar OFKga musobaqani qoldirishni so'rab murojaat qilgan. Bunga sabab qilib bu yoshdagi terma jamoalarga haligacha mashg'ulot qilish mumkin emasligini ko'rsatishgan.

Qatarni oladigan bo'lsak ayni paytda faqat professional futbolchilarga mashg'ulot o'tkazish ruxsat berilgan. Yani o'smirlar, havaskor jamoalar mashg'ulot o'tkazishmayapti. Ularga 1 sentyabr kuni ruxsat berilishi kutilmoqda, ammo bir yarim oy Osiyo chempionatiga tayyorgarlik uchun etarli vaqt emas.

Bunday vaziyat Osiyo chempionatida qatnashadigan ko'plab mamlakatlarda yuzaga kelgan. SHu bois OFK o'ziga maqul kelmaydigan variantni ham ko'rib chiqishga majbur.

Xo'sh Osiyo chempionatlari qachon o'tkazilishi mumkin? Ikkala musobaqa ham Jahon chempionatlari uchun yo'llanma berishini hisobga olib FIFA taqvimga qaraymiz.

Indoneziyadagi U-20 Jahon chempionai 20 maydan 11 iyunga qadar bo'lib o'tadi. Ayni paytga kelib hech bir qitada saralash musobaqalari bo'lib o'tgani yo'q.

- Evropa chempionati 2021 mart oyiga ko'chirildi.

- Afrikada hatto qita chempionati saralashi ham oxiriga etgani yo'q.

- SHimoliy Amerikada musobaqani nomalum muddatga qoldirishdi.

- Janubiy Amerikada saralash musobaqasini fevral oyida o'tkazishmoqchi.

- Okeaniya chempionati 2021 yil yanvar oyiga belgilangan.

Yani OFK ham UEFA singari mart oyida Osiyo chempionatini o'tkazishi mumkin. Sababi shu vaqtga kelib stadionlarimiz yaxshi holatda bo'ladi.

O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida barchasi oson. Odatda U-17 mundial kuzda o'tadi. SHunday ekan OFK may-iyun oylarida U-16 Osiyo chempionatini o'tkazishi mumkin", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 


Malumot uchun, O'zbekistonda o'tishi kerak bo'lgan U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlariga belgilangan. Bahrayndagi U-16 Osiyo chempionati esa 25 noyabr - 12 dekabr kunlariga belgilangan.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика