So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорвария баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

Alisher Nikimbaev JCH-2026ga saralash qurasi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev JCH-2026ga saralash qurasi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi

Taniqli futbol eksperti va boshqaruvchi Alisher Nikimbaev Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev bilan suhbatda JCH-2026ga saralash qurasi natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasiga Eron, Turkmaniston, shuningdek Gongkon/Butan juftligi g'olibi raqiblik qiladigan bo'ldi.

- Saralashning ikkinchi bosqichi - biz umuman o'ylashimiz kerak bo'lmagan narsa. Ushbu guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqish oson. Turkmanistonga rasmiy o'yinlarda biror marta yutqazmaganmiz, faqatgina bir marta durang o'ynaganmiz, shunda ham bizga hech narsa kerak bo'lmagan payt edi, turkmanlarda esa katta motivaciya bo'lgandi. Bugungi kunda Turkmanistondan kuchlimiz va biz kutilmaganda yutqazib qo'yishimiz uchun nimadir bo'lishini ko'rmayapman.

SHu bilan birga, men ko'proq bizga Gonkong tushishidan xavotirlanyapman, sababi bu tarixan Turkmanistondan ko'ra qiyinroq raqib. Men ishlagan va terma jamoa bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy bo'lgan payt, birinchi taymdan so'ng 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda uyda 2:2 o'ynaganmiz. Tanaffusda menga bir do'stim qo'ng'iroq qilib, g'alaba bilan tabriklagandi. Men unga boshqa bunday qilmaslikni aytdim. Sezganimdek, Gonkong o'shanda hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda ham durang bo'lgandi, 0:0.

Eron va O'zbekiston bir yildan so'ng uchinchi bosqichda bo'ladi deb o'ylayman. Ha, O'zbekiston balki Osiyoning eng kuchli terma jamoalari safida bo'lmasligi mumkin. Ammo, bizda bunday vazifalarni echishi kerak bo'lgan juda yaxshi va kuchli jamoa bor. Hali 2026 yilgi jahon chempionatiga 100% tayyormiz deya olmayman.

Barchasi quralar va FIFA reytingi, uchinchi bosqichda qaysi savatchaga tushishimizga bog'liq bo'ladi. FIFA reytingida ballarni hisoblash tizimi o'zgardi, buni hisobga olish kerak. Biz uchun ushbu qurada uchinchi savatchadan pastda bo'lmasligimiz muhimroq, aniqrog'i reytingda 7-8 o'rindan. Agar birinchi oltilikka kirsak, ideal bo'ladi, o'shanda biz qura oldidan ikkinchi savatchaga tushamiz. Vazifa qiyin: reytingda Iroq, BAA va Oman, keyin esa Qatar va Saudiya Arabistonidan o'tish kerak. Kamida uchinchi savatcha darajasida va imkoniyatga qarab ikkinchisiga tushishga intilish kerak. Keyin esa aytganimdek, barchasi quraga bog'liq, - deydi Nikimbaev.


Alisher Nikimbaev bilan intervyuning to'liq versiyasi yaqin vaqtlarda saytimizda chiqadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика