So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Alisher Nikimbaev: "Jabborov shifokorlarni xabardor qilmasdan dori qabul qilgan bo'lib chiqyaptimi?" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Jabborov shifokorlarni xabardor qilmasdan dori qabul qilgan bo'lib chiqyaptimi?"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z sahifasida Abror Pirrievning bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.

"Abror Pirrievning izohiga kichik tushuntirishlar:

Rostan ikkita namuna olinadi, lekin ular bir xil materialning ikkita porciyasidir. A namunasi tahlil uchun ochiladi va B namunasi nazorat materiali sifatida saqlab turiladi. Uni ochishingiz shart EMAS. Aniqrog'i, agar sportchi noqonuniy giyohvand moddalarni istemol qilmaganiga ishonch hosil qilsa, uning talabiga ko'ra ochishadi. Ammo agar sportchi B namunasini ochishni talab qilsa,  u erda taqiqlangan moddalar topilsa, bu qattiqroq jazolar berilishini anglatadi.

Darhaqiqat, ko'p sportchilar B namunasini ochishni so'ramaydi. Himoya odatda boshqa tamoyillarga asoslanadi:

- jazoni engillashtirish uchun o'z aybini ixtiyoriy tan olish (masalan, Mariya SHarapovaning o'zi mildronat qabul qilganini tan olgan).

- moddani xato evizga qabul qilish (Tereza Yoxaug terma jamoa shifokorining tavsiyasiga ko'ra, dopingni o'z ichiga olgan lab mazidan foydalangan).

Pirrievning so'zlariga qaraganda, SHahriyor Jabborovga nisbatan himoya ikkinchi variantga asoslanadi: futbolchi qo'shimchalarni qabul qilgan, vijdonsiz ishlab chiqaruvchi barcha ingredientlarni ko'rsatib o'tmagan. Agar bu allaqachon aniqlangan bo'lsa, B namunasini ochish shartmi?

Yana bir savol. Bu jamoa futbolchilari so'nggi oylarni yig'inda o'tkazishdi, ularning ovqatlanish tartibi jamoa shifokorlari tomonidan nazorat qilinishi shart. Yani Jabborov shifokorlarni xabardor qilmasdan dori ichgan bo'lib chiqyaptimi? Bizda xuddi shunga o'xshash holat bo'lgandi – terma jamoa futbolchisi Osiyo Kubogida taqiqlangan preparat istemol qilgan. O'shanda ham xuddi shu savol berilgan. Demak, to'rt yil ichida hech narsa o'zgarmagan ekan?", – deyiladi postda.

Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston U-20 termasi azosi SHahriyor Jabborovning doping testidan taqiqlangan modda topilgandi. SHundan so'ng O'FA tibbiy qo'mita raisi Abror Pirriev shu modda haqida fikrlari bilan bo'lishgan edi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика