Alisher Latipov: "Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
12 apr 2023 22:14
Yangiliklar
Alisher Latipov: "Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz"
O'yin haqida
- O'yin juda qiziqarli, jangovar bo'ldi. "Metallurg" Superliga jamoasi. Yigitlardan bugun chiroyli o'yin ko'rsatib berishlarini so'ragandim. To'g'ri, xatolar bo'ldi, ammo yigitlarga rahmat, ajoyib o'yin ko'rsatishdi.
- "Yunired" guruhda uchta Superliga klubi bilan to'qnash kelgan. Jamoa bor etiborni Pro ligaga qaratadimi yoki kubok o'yinlari ham muhimmi?
- Savol tushunarli. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. To'g'ri, uchta Superliga jamoalariga qarshi o'ynaymiz. Bu juda qiziq o'yinlar bo'ladi. Kuchli jamoalarga qarshi o'ynash doim qiziq. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish.
- Ikkala gol ham yon chiziqdan oshirib berilgan to'pdan keyin yuzaga keldi. Buning ustida alohida ishlanganmi?
- Ko'p gollar standardlardan urilmoqda. Mashg'ulotlarda albatta bu narsa ustida ishlanadi.
- Jamoaning asosiy maqsadi Superligaga chiqishmi yoki futbolchilar etkazib berish?
- Albatta, biz yuqoriga intilaveramiz. Nasib bo'lsa, Superligada ham o'ynashimiz mumkin. Jamoamizdan biror futbolchi Slovakiyaga ketsa biz albatta xursand bo'lamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar