So’nggi yangiliklar

14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  0 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  4 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  4 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  11 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  7 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  27

Alisher Jalilov: "AGMK faoliyatimdagi eng yomon o'tish. Qosimov meni ajablantirmadi" Yangiliklar

Alisher Jalilov: "AGMK faoliyatimdagi eng yomon o'tish. Qosimov meni ajablantirmadi"

O'tgan mavsumda AGMKda to'p tepgan tojikistonlik yarim himoyachi Alisher Jalilov yaqinda sobiq jamoasi "Istiqlol"ga qaytdi.

Garchi unga Superliga jamoalaridan takliflar, qiziqishlar bo'lganiga qaramay futbolchi qarorini o'zgartirmadi. Alisher Jalilovning o'zi fikrlarimizni tasdiqlagan holda yana bir nechta savollarimizga javob berdi. 


- AGMKdan ketish rejasi avvaldan bor edimi? Kutilmagan desak bo'ladimi? Klubda kim qo'llab-quvvatladi?

- Yo'q, to'g'risini aytsam AGMKga o'tganimda "Istiqlol"ga qaytishni istagan edim. Bu haqida yozdan beri o'ylap kelyapman. Lekin Bahodir Mirzaevning qo'llab-quvvatlashi tufayli jamoada to'p tepishni va mashg'ulotlarni davom ettirdim. Yanvar oyidagi yig'in oldidan ham AGMKni tark etmoqchi ekanligimni bildirgandim, deya olaman. 

- Bu jamoada o'ynash o'sish bo'ldimi yoki pasayish?

- AGMKda ishlash faoliyatimdagi eng yomon o'tish sifatida tarixda qoldi. 

- Mirjalol Qosimovning o'ziga hosligi nimada edi? Ajablantirgan jihatni sezdingizmi?

- Mirjalol Qosimov meni hech qanday ajablantirmadi. Keling shu savolning javobini izohsiz qoldiraylik. 

- "Istiqlol"ga qaraganda individual mahoratingizni ko'rsatish Olmaliqda bir muncha qiyin kechgani nima bilan bog'liq? 

- "Istiqlol"da hamma jamoa uchun o'ynaydi. Ko'proq jamoaviy o'yinga ega bo'lardim. AGMKdagi yigitlar meni yaxshi qabul qilishdi. Ular bilan birga o'ynash, mashg'ulotlarda ishtirok etish menga manzur keldi. Hammasi uchun do'stlarimga rahmat. O'yinimga kelsak, AGMKda murabbiy menga ishonmadi. Harkatlarim o'xshamadi. "Istiqlol"dagilar esa hamma o'yinimni biladi. Bu klubda ko'p narsalarga erishganman. Tezroq qaytishni istadim. Klub prezidenti SHohruh Saidzodaning taklifidan so'ng zarracha ham o'ylab o'tirmadim.  

- Tojikiston chempionatida o'z darajangizni ko'rsatib bo'lgansiz. Balki yanada oldinga intilishingiz kerak emasmidi?

-  Buni ortga tashlangan qadam demayman. Biz OCHLda o'ynaymiz, o'z maqsadlarimiz bor. Jamoaga yangi murabbiy Igor CHerevchenko keldi. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. 

- "Bunyodkor" sizni o'z safida ko'rishni istagan ekan. Bu transfer nima uchun amalga oshmadi?

- Men o'z qarorimni qabul qilib bo'lgan edim. CHempionlar Ligasida o'ynash istagi kuchlilik qildi. "Bunyodkor"dan qiziqish bo'lgani rost. 

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика